70-yillarda samolet kabinasi qanday ko`rinishga ega bo`lgan?

70-yillarda samolet kabinasi qanday ko`rinishga ega bo`lgan?

Samoletlarda harakatlanish haqiqiy yugirish marafoniga aylanib qolgandek: ro`yxatdan o`tish, yuklarni topshirish, kichkina va noqulay o`rindiqlar… Ammo 70-yillarda hammasi boshqacha bo`lgan. O`sha davrlarni samoletlarning oltin davri deb ham aytish mumkin, hatto ekonom klass yo`lovchilar uchun qulayliklar yaratilgan.

Hozirgi vaqtda qulayliklar haqida kamroq o`ylashadi, har bir reysga ko`proq yuk va yo`lovchilarni joylashtirishga harakat qilishadi. Biroq keling o`tmishga bir nazar solsak!

Eng yoqimli narsa shundaki, o`tmishda hamma narsa inson uchun mo`ljallangan edi va bilet uchun to`langan pulga qaramasdan juda yaxshi xizmat ko`rsatilgan.

Shunday ko`rinishdagi kabinalar o`sha vaqtda oddiy xolat bo`lgan. Odamlar dam olishar edi yoki xohlagancha muloqot qilishar edi. Kabinalar juda keng  va oyoqlari uchun etarli joy bo`lgan.

Kelajakda shunga o`xshagan qulayliklar yana qaytib kelishiga umid qilib qolamiz.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social