Senda bor bo`lgan narsani qadrlayapsanmi?

Senda bor bo`lgan narsani qadrlayapsanmi?

Ko`pincha insonlar ularga berilganini qadrlashmaydi. Eng oddiy misol bu sog`lik. Uni qadrlash uchun, inson birinchi bo`lib uni yo`qotishi kerak va bu narsa faqatgina sog`liqga tegishli emas. Aslida inson nimadirni yo`qotgandan keyin uning qadriga etadi.

Bir yosh yigit o`z taqdiridan rosa nolirmish: “Nima uchun boshqalarda pul, xonadon, mashina va yaxshi ish bor? Menda esa hech nima yo`q? Yoshligim behuda o`tmoqda.”

Uning nolishini bir keksa inson eshitdiyu va so`radi: “Sen bir million dollar evaziga o`z qo`lingdan maxrum bo`lishga rozi bo`larmiding?”

-yo`q albatta, rozi bo`lmasdim! Hatto 500 million dollarga ham rozi bo`lmasdim!

-Mana ko`rdingmi – dedi  keksa odam – Xudo senga 500 millionga sotib ololmaydigan narsani berdi. Sen esa kambag`allikdan nolisan! Bor bo`lgan narsani to`g`ri ishlatish kerak!

Senchi? Senda bor bo`lgan narsani qadrlayapsanmi?

Baxtli va muvaffaqiyatli bo`lish uchun bor bo`lgan narsani qadrlash kerak. Har doim ham istagan narsamizga ega bo`lolmaymiz. Biz ertangi kunda nima bo`lishini bilmaymiz, shuning uchun ega bo`lgan narsani qadrlash kerak. Bir dono inson shunday degan: “baxt, bu senda bor bo`lgan narsaning sonida emas, balki sen ularga qanday munosabatda bo`lishingda”. Agarda sen bor bo`lgan narsani qadrlamas ekansan, sen ega bo`lishni xohlagan narsani ortidan yugirsang ham baxtli bo`lolmaysan.

Baxtning asosiy yo`li – har bir yashagan kunni qadrlashdir, biz yana qancha yashashimizni bilmaymiz. Albatta bor bo`lgan narsani qadrlash kerak, shundagina yanada ko`prog`iga ega bo`lasan!

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gulli

    Men ha oloh man uchun atalgan narsalarni kuchim yetganicha asrayman bu ham juda kerakli foydali maqola boʻlibdi rahmat fazotv ishlaringizga omad tilayman ❤️

  2. Gulli

    Albatta qadrlayman chunki har narsaning uvoli gunohi bor nimani hor qilsang shubha zor boʻlasan deyishadi shundan qoʻrqaman faqat narsani emas yaqin insonlarimiz va doʻstlarimizni qadriga yetaylik shunda bizni ham qadrimiz yuqori boʻladi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social