Londonning «Chelsi» klubi xo‘jayini Roman Abramovich klubni sotishini e’lon qildi. YeChLning amaldagi g‘olibiga 4 milliard yevro narx qo‘yilgan.
«Bu men uchun hech qachon biznes bo‘lmagan. Shunchaki bu o‘yinni va jamoani yaxshi ko‘raman. Klubning sotilishidan tushgan pullar maxsus fondga o‘tkaziladi. Fond Ukrainadagi urushdan jabr ko‘rganlarga xayriya qilish uchun sarflanadi. Fonddagi pullar kechiktirib bo‘lmaydigan narsalar sotib olishga, shuningdek, [Ukrainani] tiklash jarayoniga sarflanadi.
Bu qarorni qabul qilish oson bo‘lmadi. Klubdan bu tarzda ketish juda qiyin bo‘lyapti. «Stemford Brij»ga oxirgi marta borib, barchangiz bilan xayrlashishga umid qilaman. Birgalikda qo‘lga kiritgan g‘alabalarimizdan faxrlanaman. «Chelsi» va muxlislari doim yuragimda qoladi. Hammangizga rahmat. Roman», deb yakunlagan Abramovich bayonotini.
Roman Abramovich 2003 yilda «Chelsi»ni angliyalik Kena Beytsdan 140 million funt evaziga sotib olgandi. Klub o‘z tarixidagi aksar sovrinlarni aynan Abramovich davrida qo‘lga kiritgan. Oldinroq Roman Abramovich Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlik kelishuvi bo‘lishi uchun o‘rtada vositachilik qilishga tayyorligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
eh…. juda xafa bo’ldim o’qib…
nakonecto!
Salom, nime? nima buldi?