Ana xolos: Qo`ng`izli muzqaymoq kelajak taomi deb tanishtirildi

Ana xolos: Qo`ng`izli muzqaymoq kelajak taomi deb tanishtirildi

Britaniyaning mashhur jurnali “The Economist” taomlarning yangi yo`llarini ko`rsatdi. Kelajakda klimatik o`zgarishlar va Er yuzida aholi ko`payishi bilan ovqatlarga bo`lgan talab ortib ketishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Angliyaliklar hozirdan taomga proteinlarga boy bo`lgan qo`ng`iz va o`rgimchaklarni qo`shishni taklif qilishmoqda.

“Business Insider” nashri London ko`chalarida yangi qo`ng`izli muzqaymoqni tatib ko`rish jarayoni suratlarini joylashtirdi. Tashkilotchilarning aytishlaricha, asr ohiriga kelib Er yuzining aholisi 11 mlrd ga etadi. Asosiy muammo qanday kilib ularni ovqatlantirish bo`ladi.

“The Economist” ekspertlarining ta`kidlashicha, olimlar va ishlab chiqaruvchilar o`z diqqatini atrofdagi va tabiyatdagi hashoratlarga qaratishi kerak. “Qo`ng`izlar protein va kal`tsiyga boy, ularni parvarish kilish arzon hamda xayvon parvarish qilishdan ko`ra kulaydir”.

Taqdim etilgan menyu bo`yicha, muzqaymoqning ichida chimolilar, chigirtkalar, qurtlar va “miks” hashoratlar mavjud. Hashoratlar muzqaymoq asosining 10% tashkil etadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social