Astronomlar tomonidan o‘tgan yil dekabr oyida kashf etilgan 2024 YR4 asteroidi Yer bilan to‘qnashishi mumkin. Olimlar buning ehtimolini 0,5 dan 6 foizgacha baholamoqda. Bu haqda “RIA Novosti”ga astronom, Ka-dar observatoriyasi ilmiy rahbari Stas Korotkiy ma’lum qildi.
Olim diametri 70 metrga yetadigan asteroid 2032-yil 22-dekabrda sayyoramiz bilan to‘qnashishi mumkinligini aytdi. U mazkur prognoz 33 kunlik kuzatuvlarga asoslanganini bildirdi. To‘qnashishi kutilayotgan asteroid Chelyabinsk meteoritidan 3-4 baravar katta.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, qulash markaziy Afrika yoki Atlantika okeani hududida sodir bo‘lishi mumkin. Oqibatda mahalliy falokat kuzatilishi, ya’ni 30 kilometr radiusdagi uylar buzilishi prognoz qilingan.
“Ayni paytda Yer bilan to‘qnashish ehtimoli turli tuzilmalar tomonidan 0,5 dan 6 foizgacha baholanmoqda. Vaziyat rivojlanishining 16 ta variantidan bittasi, ya’ni 6 foizi to‘qnashuvni nazarda tutadi”, dedi Korotkiy.
Astronomning fikricha, to‘qnashuv ehtimoli haqidagi ma’lumotlardagi katta farq kuzatish vaqti qisqa bo‘lgani va prognoz qilingan davr 8 yilga cho‘zilgani bilan bog‘liq. 2028–2029-yillarda qo‘shimcha kuzatishlar orqali bunga aniqlik kiritiladi. Shu sababli, asteroidning yerga umuman tushmasligi ham ehtimolga yaqin.
Asteroidlar — Quyosh tizimidagi nisbatan kichik osmon jismlari bo‘lib, ular asosiy yulduz atrofida harakatlanadi. Ular sayyoralardan farqli o‘laroq, notekis shaklga ega va atmosferasi yo‘q, biroq yo‘ldoshlari bo‘lishi mumkin. Kichik asteroidlar Yer atmosferasiga kirganida yonib ketadi va meteoritlar deb ataladi. Katta asteroidlar Yer bilan to‘qnashganda katta zarar keltirishi mumkin. Masalan, 65 million yil oldin dinozavrlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lgan hodisa asteroid zarbasi bilan bog‘langan.
Vayvo, hali 7 yil borakan
Hali beri ko’rmaymiz demak
Yaqinda uriladi dib o’ylabman
Eeeee, yaqinda tusharkan oylabman, bomapti
Xali 7 yil bor, ungacha boshqa tarafga uchib ketadi
Kutmela
Pfffff
Tufta