Atlantika okeani tubida ilk avtomobil chorrahasi paydo bo‘ldi

Atlantika okeani tubida ilk avtomobil chorrahasi paydo bo‘ldi

Farer orollarida g‘aroyib suvosti avtomobil tunneli barpo etildi – 187 metr chuqurlikda Atlantika okeanidagi ilk aylanma chorraha paydo bo‘ldi.

Orollar kichik – muvaffaqiyatlar katta

Farer orollari 18 oroldan iborat arxipelag bo‘lib, Islandiya va Shotlandiya orasida joylashgan avtonom sub’yekt. Aholisi 51000 kishi. Orollarning 17tasida odam yashaydi. Rasman Daniya qirolligi tarkibiga kiradi, lekin 1948 yildan beri Farer orollari davlat masalalari mahalliy darajada mustaqil hal qilib kelinadi.

2002 yildan boshlab Farer orollarida bosqichma-bosqich suvosti avtomobil tunnellaridan foydalanishga o‘tilyapti. Bu murakkab va qimmatbaho inshootlar farerliklarning hayotini sezilarli darajada yengillashtirish va orollar orasidagi harakat vaqtini tezlashtirishga xizmat qiladi.

Streymoy va Esturoya orollari o‘rtasidagi tunnel o‘ziga xos bo‘ladi – u uzunligi 11 kilometr bo‘lgan uch asosiy yo‘ldan iborat bo‘lib, Atlantika okeanida 187 metr chuqurlikda joylashadi. Avtomagistral 2020 yilning 19 dekabrida foydalanishga topshirilgan.

Tunnellarning yangi tarmog‘i poytaxt Torsxavn va Runavik shahri orasida yo‘lga sarflanadigan vaqtni 74 daqiqadan 16 daqiqaga, ya’ni 4,5 barobarga kamaytiradi. Qo‘shni orollarga muntazam borib turadigan mahalliy aholi uchun bu judayam katta qulaylik.

180 metrdan ziyodroq suv ostiga kiradigan avtotrassa xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘lning eng tikka joyi 5 foizlik qilindi. Farerda foydalanilayotgan tunnellar 5-6 kilometr uzunlikka ega.

Atlantika bag‘ridagi mashhur aylanma chorrahali tunnellar tarmog‘i Farer orollarining infratuzilmasiga kiritilgan eng yirik sarmoya bo‘ldi. Trassa bo‘ylab yurish pullik bo‘ladi – bir tomonga harakatlanish 10 yevro. Mahalliy aholi uchun arzonlashtirilgan yillik abonoment ishlab chiqilgan.

Farerliklar yangi inshootga o‘ziga xos zeb berdilar – halqani mahalliy rassom Trondur Paturssonning haykaltaroshlik asarlari va chiroqli effektlar uyg‘unligida bezatdilar.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. jajji qiz

    Vayvuuu daxwatu. Qando bunaqa tunelli qurwganikin

  2. Fazo.tv

    Salom jajji qiz! Bormisiz))) Aholisi 51000 kishi bo’lgan Farer orollari shunday go’zal tunel qurishganidan, biz ham hayronmiz. Lekin juda chiroyli chiqqan, nima deysiz? smile

  3. jajji qiz

    Wu manam rasmlani korb owa tunellaga qocib ketgilarik keb ketti laugh smile qoyil. Suv teyiga tunel… odamla n smile nmalani oylab topiwmadiya smile good

  4. Fazo.tv

    Shuni ayting jajji qiz, yo’llari ham tekkiz, bizlarni odamlar ulardan o’rganishsa bo’larkan tekkiz yo’llarni qilishni laugh

  5. jajji qiz

    Icimdigi dardimi topdizuu sorry . Otgann kuni qoqilib tuwganim, esmga tuwb ketti laugh

  6. jajji qiz

    smile smile

  7. Fazo.tv

    Qayerlada qoqilib tushdingiz jajji qiz? sad

  8. jajji qiz

    Wu mkga ketvotudim. Bita cuqurcaga oyogim kirb ketbdi.. torisini etsam qoqilmagandm. Faqat qoqilib ketwimga sal qogandi laugh

  9. Fazo.tv

    smile Yiqilmagan bo’lsangiz yaxshi) Buni eshitib xursand bo’ldik))) Lekin bizni yo’llarda yerga qaramasdan yura olmaysiz unknw

  10. jajji qiz

    Hm ozi aslida manam yerga qarab yuraman. Prosta owa payt kozim telga ketib qogandide. 5 sikundgina calgigandim. unknw laugh

  11. Fazo.tv

    rofl 5 sekund ichida yiqilib tushidibsiz de))) laugh

  12. jajji qiz

    Wu etmen laugh rofl ko’zim ketin qosa bold tamom laugh

  13. Fazo.tv

    jajji qiz rofl rofl rofl Yaxshimisiz? Nima yangiliklar? smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social