ChatGPT asoschisi OpenAI sun’iy intellektga ega brauzerni taqdim qildi

ChatGPT asoschisi OpenAI sun’iy intellektga ega brauzerni taqdim qildi

Brauzer ChatGPT yordamida turli masalalarni hal qilish imkonini beradi.

Amerikaning OpenAI kompaniyasi 21 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan taqdimot chog‘ida sun’iy intellekt asosida yaratilgan ChatGPT Atlas brauzerini taqdim etdi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, brauzer ChatGPT yordamida turli masalalarni hal qilish imkonini beradi. Kontentni umumlashtirish, mahsulotlarni taqqoslash yoki ma’lumotlarni tahlil qilish uchun yon paneldan istalgan internet sahifasida chat-botni chaqirish mumkin. Shuningdek, hujjatlarda, elektron pochta xabarlarida yoki taqvimdagi taklifnomalarda alohida so‘zlarni belgilaganda chat-bot paydo bo‘ladi.

OpenAI agent rejimida ChatGPT xaridlarni amalga oshirishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Reuters agentligi avvalroq brauzer, jumladan, restoranlardagi stollarni band qilishi va saytlardagi shakllarni avtomatik ravishda to‘ldirishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

ChatGPT Atlas brauzerini macOS tizimida allaqachon yuklab olish mumkin va tez orada uning Windows, iOS va Android uchun versiyalari paydo bo‘ladi.

Sun’iy intellekt o‘rnatilgan bir nechta brauzerlar allaqachon mavjud, deb yozdi The Verge. Masalan, Google kompaniyasi Gemini chat-botini Chrome brauzeriga o‘rnatgan, Perplexity o‘zining Comet AI brauzeriga ega va Microsoft o‘zining Edge brauzeriga sun’iy intellektga asoslangan Copilot rejimini birlashtirgan.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Прикольно. Установка килиб куриш кере булади

  2. Тимур

    Тшунишимча паралелльно браузер сиз у билан канака ишлашизи урганади

  3. Тимур

    Кейин бу малумотлани опенаига юворади

  4. Тимур

    Деме сиззи данныйлариз улага очик булади ва хаммасини йигишади

  5. Тимур

    Эх. Значит хали хам данныйларимиз защитасиз колади

  6. Shoxrux

    Ornatdim, shu saytni korsatdi laugh

  7. Shoxrux

    Reklamaga pul tolumidla? rofl

  8. Dilshodbek

    Qatdan yuklab olsa boladi?

  9. Тимур

    Хозирча факат Мак учун чиккан

  10. Тимур

    Виндоусгаям якин кунлада чикади

  11. Eh…. kutish kerak ekan hali demak

  12. Тимур

    Бир икки кунда чиказворшади манимча

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social