Uy sharoitida noodatiy archa yasash uchun layfhaklar

Uy sharoitida noodatiy archa yasash uchun layfhaklar

Yangi yil bayrami yaqinlashgani sari uy va archa bezatish ishlari boshlanadi. Ammo buning uchun archa sotib olish shart emas, uy sharoitida har kim o‘z qo‘llari bilan mavjud buyumlardan ham noodatiy archalar yasashi mumkin. Quyida taqdim etadigan layfhaklarimiz so‘zimizga misoldir.

Buning uchun ko‘p narsa talab etilmaydi. Shunchaki kartondan konus shaklini yasab olish yoki uni do‘konlardan xarid qilish mumkin. So‘ngra atlas tasmalar bir xil uzunlikda kesib chiqiladi. Xohishga ko‘ra, qizil va yashil tasmalardan foydalanish mumkin. Ular yelim yordamida konusga yopishtiriladi va yulduzcha uchun tilla yoki kumushrang tasmadan bezak beriladi.

Ushbu uslubdagi archa juda sodda tarzda yaratilgan. Buning uchun konus yoki boshqa shunday shakldagi buyum kerak bo‘ladi. Konus pergament qog‘oz bilan o‘raladi. So‘ngra ip kraxmal eritmasi yordamida shakl ustiga qotiriladi. Archa shakli hosil bo‘lgach, iplarning qurishi kutiladi. Konus shakli olinadi va ajoyib archa tayyor. Uni turli xil munchoqlar bilan bezatish mumkin.

Ish stolini xuddi shunday archa bilan bezash mumkin. Buning uchun turli xil kichik o‘lchamdagi taxtalar kerak bo‘ladi. Ular dastlab bo‘yaladi va chiroyli ko‘rinishga kelgach, bir-biriga mahkamlanadi. Bayramdan so‘ng archani yig‘ish va kelasi yilda yana qayta yasash mumkin.

Bu kabi simlarni gul do‘konlarida topish mumkin. Ular ekinlar uchun mo‘ljallangan. Aynan yashil rangdagisi archa uchun ayni muddao. U xuddi gulchambar shaklida yasaladi. Qolaversa, bu kabi archalar boshqalaridan noodatiyligi bilan ajralib turadi.

Oddiy taxtalardan ham ajoyib dizayn yaratish mumkin. Buning uchun avval taxta oq rangga bo‘yaladi. So‘ngra quritishga qo‘yiladi. Bayram chirog‘i boshqa bezaklar yordamida taxta yuzasiga archa shakli o‘rnatiladi.

Tuxumlar solinadigan karton qog‘ozdan ham ajoyib archa yasash mumkin. Buning uchun oddiy karton, qog‘oz, akril bo‘yoq, cho‘tka, sushi tayoqchasi kerak bo‘ladi. Tuxum solinadigan panjara qog‘ozdan har bir chuqurcha kesib olinadi. So‘ngra ular bo‘yalib, quritishga qo‘yiladi. Konus shakli ustidan barcha bo‘yalgan karton bo‘lakchalari yopishtirib chiqiladi.

Uyda mavjud eskirgan jinsi yoki boshqa matolardan ham archa yasash mumkin. Buning uchun albatta, konus shakli, yelim, qaychi va mato kerak bo‘ladi. Ular bir xil shaklda kesilib, aylana yoki burama shaklda konus ustidan yopishtiriladi. Bezak uchun munchoqlar yoki to‘rdan foydalanish mumkin.

Yaltiroq bezak konus yuzasiga aynlana shaklda yopishtiriladi. Natijada bayramona kayfiyat ulashuvchi archa hosil bo‘ladi. Uni turli xil o‘yinchoq va chiroqlar bilan bezash mumkin.Bu kabi archalarni har qanday maktab o‘quvchisi ham yasab, atrofdagilarga bayram kayfiyatini ulashishi mumkin.

Kommentlar: 24 komment. 24 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Шокир

    Арчани уйда ўзимиз ясаю, дўстлар билан бирга безасак деган фикр — тап-токи ҳам яхши ғоя. Бу йил мен режамни ўзгартирдим: мактабдаги энг яқин дўстим билан бирга содда, аммо самимий арча тузамиз.

  2. Дилдора

    Ҳар йили бир хил, бирдек арчаларни кўриб чарчаганмиз, аммо бундай янги, оригинал ғоя — бахтлилик учун! Хайр, болалар, ижод керак — келинг, биргаликда бу йилги архамизни бирга яратайлик.

  3. Малика

    Арча безаш — бу фақат безак эмас, болалик ва ёшликни эслаш, умид ва тантана, бахт ва кутишлар билан боғлиқ, деб ўйлайман.
    Мақоладаги ҳа-ҳа, фото ва лайфхаклар жуда яхши, уларни амалга оширсам, хонам ҳам текис тўлдирилгандай бўлади. Каттарлар қандай безаса — биз ҳам хонада кичик байрамни қилиб олсак деган хуш холат пайдо бўлди.

  4. Рустам

    Арчанинг урф-одатдан ташқари бўлиши — жуда қизиқ! Менимча, бу — ўзимизнинг услубимиз, бизга хос байрам руҳи

  5. Одил

    Мақола ҳатто кичик бўлса ҳам — катта илҳом берди
    Мен қизиман ва мактабчилар орасида “универсал арча безашчи” бўлиб кетишни истардим — ҳамгирялик, хурсандлик ва байрам кайфияти билан. Агар ҳамма биргаликда шундай арчалар тузса — уйида, дўстларида — айнан шу бизни бир–биримизга яқин қилади.

  6. Мухаммад

    Яқинларим билан уйда, катталар билан эмас, балки болалар билан содда арча тузайлик деган ғоя — бу менинг келгуси йилги орзуим!
    Чунки катта ҳаражатсиз, фақат меҳр ва биргаликдаги шодлик билан арча — бу энг ҳақиқий байрам. Мақоладаги жойлар — ойдин, қулай ва хеч нарса орзиқтирмайди.

  7. Juda zor good

  8. Haqiqatan ham juda yoqimli maqola ekan Men har yili archa bezashni yaxshi ko‘raman, lekin bu yil noodatiy tarzda qilish fikri menga juda yoqdi. Uyimizda o‘zimiz yasab qo‘ysak, bayram kayfiyati yanada shirin bo‘ladi.

  9. Menimcha, eng zo‘ri – oddiy buyumlardan chiroyli archa qilish g‘oyasi ✨ Hamma ham katta byudjetsiz bayramga tayyorgarlik ko‘ra olishi uchun juda yaxshi ilhom. Do‘stim bilan albatta sinab ko‘ramiz!

  10. Yangi yil bayramini kichkina detallar chiroyli qiladi deb o‘ylayman Shu maqolani o‘qib, uyimni shirinroq va iliqroq bezash ishtiyoqi paydo bo‘ldi. Ayniqsa qog‘oz va yorug‘likdan foydalanish g‘oyalari yoqdi.

  11. Rosti, men bayramni juda-juda yaxshi ko‘raman ❄️ Bu noodatiy archa g‘oyalari esa kayfiyatimni ko‘tardi. Kichik bo‘lsa ham o‘zim yasagan narsa bilan yangi yilni kutib olish – bu o‘zgacha yoqimli.

  12. Nozimjon

    Qizlarga boladi bunaqa narsalar

  13. Dildora

    Yangi yilga tayyorgarlik haqida o‘qib rosa hayajonlandim, ayniqsa noodatiy archa yasash g‘oyalari juda yoqdi. Shunaqa mayda bezaklar bayram kayfiyatini birdan oshirib yuboradi.

  14. Dildora

    Men ham bu yil xonamda kichkina, qo‘l mehnati bilan qilingan archa qo‘ymoqchiman. Maqoladagi maslahatlar juda sodda va chiroyli, hamyonbop ham. Bayramni intiqlik bilan kutyapman

  15. Dildora

    Juda yoqimli maqola ekan, o‘qiganimda o‘zimni xuddi bayram boshlanib qolgandek his qildim. Uyda qizaloqlar bilan shunaqa ijodiy ishlar qilish eng yoqadigan mashg‘ulotim

  16. Dildora

    Bu maqola menga shunchalik ilhom berdi — do‘stlarim bilan birga noodatiy archa yasab, kichkina fotosessiya qilishga qaror qildim. Yangi yilga shirin kayfiyat bilan kiramiz

  17. Izzatik

    Zorku, manga yoqdi

  18. Rostini aytsam, bu maqola mutlaqo foydasiz bo‘libdi. Har yili bir xil maslahatlar, hech qanday yangilik yo‘q. Oddiy narsani katta gap qilib yozishdan charchashmaydi.

  19. Shunaqa “noodatiy archa” deyishadi, lekin ko‘rsatgan g‘oyalari juda sodda va zerikarli. Odamga haqiqiy kreativ fikr kerak, bular esa Pinterestdan olinganidek.

  20. Hamma joyda bayram haqida yozishyapti, lekin haqiqiy hayotda ko‘pchida vaqt ham, pul ham yo‘q. Shunaqa maqolalar faqat rasm uchun — real yordam yo‘q, faqat havoyi gaplar.

  21. Zor, lekin oddiylari yaxshiroq

  22. Shavkat

    Prikolniy

  23. Baxtiyor

    Zor zor good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social