Qariyb 5 ming nushadagi ishlatilgan kitoblardan eng uzun zanjirli – domino yasalib, va buyangi rekordga erishilganligi xaqida Belgiya kitoblar assotsiatsiyasining xabar berdi.
Bu aktsiya nafaqat rekord o`rnatishga qaratilgan balki kitoblarni o`qish va ommalashtirish maqsadida o`tkazildi. Antverpen shaxridagi Kitoblar yarmarkasi binosida 40ta ko`ngilli qatnashchilar 2 soat davomida, 4845 dona kitoblardan uzunligi 614 metr zanjirli domino barpo etishdi. Shuningdek “kitob”, “yarmarka”, va “o`qish” so`zlarini xam ushbu zanjirli – dominoga kiritishdi.
Eslatib o`tamiz, avgust oyida Janubiy Afrikaning Keyptaun shaxridagi kutubxonalardan birida qariyb 2,5 ming dona kitoblardan zanjirli domino yasalib rekord o`rnatilgan edi.
Antverpendagi kitoblardan bunyod etilgan zanjirli – domino 6 daqiqa ichida o`z nihoyasiga etdi va ularni olqishlar bilan qarshi olishdi. Tashkilotchilar ushbu natijani Ginnes rekordlar kitobi ro`yxatiga kiritishni rejalashtirmoqda.
Aytgancha ertasi kun tongda ushbu natijani yangilash maqsadida, 5005 dona kitobdan zanjirli – domino bunyod etildi. Ammo dominoning bir qismida uzilish sodir bo`ldi va zanjirli – dominoni bir-biriga urilishi to`xtab qoldi. Shunday bo`lsa ham, 4845 kitob – yomon natija emas!
zor uylab topishdi qoyil )))
гирт бекорчила!
xa rekord kitobiga qirish uchun nima xam uylab topishmaydilar
test
asdfdsafadsf
dadsafasdfasdf
asdfasdfadsf