Mazkur maqolada “LEGO” o‘yinchoqlar brendi qanday tashkil etilgani, rivojlanish tarixi, logotipdagi o‘zgarishlar hamda minifiguralarning turli shakllari haqida ma’lumotlar berilgan.
Har qanday biznes loyihalar va turli brendlarning o‘z tarixi bor. Bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, loyihadagi keskin burilishlar hamda muvaffaqiyatli qadamlar ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.
Maqolada kompaniyaning bugungi kungacha qanday shakllangani hamda uning kengayish jarayonlari haqida so‘z boradi.
O‘rdaklardan “LEGO” uylarigacha
“LEGO” kompaniyasi asoschisi Ole Kirk Kristiansen 1891-yil 7-aprelda Daniyaning Billund shahridagi Filskov qishlog‘ida tug‘ilgan. U oilasida o‘ninchi farzandi edi. 14 yoshida katta akasidan duradgorlikni o‘rganib, 1911-yilda Daniyani tark etadi. Avvaliga Germaniyada, so‘ng Norvegiyada ishlaydi.
1916-yilda Daniyaga qaytib, Billund Maskinsnedkeri (Billund yog‘ochga ishlov berish va duradgorlik ustaxonasi)ni ochishga qaror qiladi. Shu yili Ole Norvegiyada tanishgan Kirstin Seresenga uylanadi.
1924-yilda o‘g‘illarining xatosi tufayli Ole Kirk do‘koniga yong‘in tushadi. Bu noxush hodisaga qaramay, u tushkunlikka tushmadi. Dastlabki qiyinchiliklar bartaraf etilgach, u avvalgisidan ham kattaroq do‘kon qurishga harakat qiladi.
1930-yillarning boshida Ole kundalik buyumlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos soladi, uning asosiy daromadi dazmol taxtalari va narvonlardan olingan. 12 yoshidan boshlab o‘g‘li Gotfrid Kirk ham kompaniyada otasi bilan birga ishlay boshlaydi. Biroq moliyaviy inqiroz boshlanishi bilan uning biznesi keskin pasaya boshladi. Keyin ota-o‘g‘il birgalikda talabga ega bo‘lgan yog‘och o‘yinchoqlar ishlab chiqarishni boshladilar. Shu vaqtlari kompaniyada 7 kishi ishlagan.
Kristiansen bir nechta variantlar orasidan tanlab, kompaniyani “LEGO” deb ataydi. Bu daniyacha “leg godt” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “yaxshi o‘yna” degan ma’noni anglatadi.
1942-yilda fabrika havo hujumi paytida yonib ketib, kreditga olingan mablag‘lar evaziga qayta quriladi. Bu safar yanada katta binolar maydoni kengaytirildi. 1940-yillarning o‘rtalarida u oilaviy korxonaga aylantirilib, unda 40 ga yaqin xodim ishlagan.
1947-yilda kompaniya plastik o‘yinchoqlar ishlab chiqarishni boshlaydi. 1949-yilda birinchi primitiv plastik kubiklar “Avtomatik bog’lanuvchi g‘ishtlar” nomi ostida sotuvga chiqdi — bugungi kunda ko‘pchilikka ma’lum “LEGO” kubiklarining o‘tmishdoshi hisoblanadi.
1940−50-yillar oralig‘ida “LEGO” assortimenti juda katta bo‘lgan, lekin odatda yog‘och va plastmassa ishlab chiqaradigan boshqa kompaniyalaridan farq qilmagan. Bolalar uchun plastik to‘plar, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha stol o‘yini, hayvonlarning yog‘och haykalchalari, avtomobillar va boshqalarni taqdim etgan.
1958-yil Ole Kirk Kristiansen vafot etadi. Uning o‘rniga o‘g‘li Gotfrid direktorlar kengashi prezidenti bo‘ladi, 1960-yilga kelib esa aka-ukalarining aksiyalarini sotib olib, kompaniyaning yagona egasi bo‘ladi.
Dastlabki “LEGO”lar
Birinchi “LEGO” kubiklari bir nechta o‘lchamlarda paydo bo‘ldi: 2×2, 2×4 g‘ishtli, 2×3 va 2×4 poydevorli derazalar va 2×4 eshiklar. Ularning kombinatsiyasi deyarli har qanday uyni qurishga yetardi. Birinchi to‘rtta kubik (g‘isht) to‘plami “700/1, 700/2, 700/3 va 700/4” deb nomlangan. “700/x” seriyali to‘plam 1960-yillarning o‘rtalariga qadar ishlab chiqarilgan.
1956-yilda mahsulotlar dastlab Shvetsiya, Germaniya, keyin Shveysariya, Fransiya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarga eksport qilina boshlandi. Ammo, 1960-yilda yog‘och bilan ishlagan ustaxona yonib ketadi. Gotfrid Kirk o‘ylab ko‘rib, yog‘och ishlab chiqarishni davom ettirmaslikka va plastik buyumlar bilan shug‘ullanishga qaror qildi.
1958-yilda g‘ishtlarning zamonaviy dizayni ishlab chiqildi va tegishli material — ABS-plastikni topish uchun 5 yil kerak bo‘ladi. “LEGO”ning zamonaviy g‘ishtlari 1958-yil 28-yanvarda patentlangan.
“LEGO” dunyosida poyezdlar va mashinalar, uylar va yo‘llar, aeroportlar va vokzallar bor, ammo inson ko‘rinishidagi modellar yetishmayotgan edi. 1975-yilda to‘plamlarda zamonaviy minifiguralarning birinchi prototiplari paydo bo‘ldi, ularning harakatlanuvchi qo‘llari va oyoqlari bo‘lmagan. 1989-yilgacha barcha lego odamlarining yuzlari bir xil, shunchaki tabassumli ko‘zlardan iborat edi.
Shu bilan birga, motorlar va drayvlar bilan birgalikda “kattalar” “LEGO” liniyasi ham rivojlanmoqda. 1982-yilda kompaniya nomini “LEGO Technic”ga o‘zgartirdi. Keyinchalik, elektr komponentlari, sirenalar va chiroqlar to‘plamlari ham chiqa boshladi. 1999-yilda kompaniya uchinchi tomon kompaniyalari bilan litsenziyalangan raqamlarni ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi shartnomasini tuzdi.
“LEGO” arxitekturasi
Chikagoda arxitektor Adam Rid Taker osmono‘par binolar murakkabligini ko‘rsatish ustida ishlaydi. Buning uchun “LEGO” g‘ishtlaridan foydalanishga qaror qiladi. U 2006-yilda diqqatga sazovor binolar maketlarini yaratishni boshlaydi. Dastlab, legolar yordamida Nyu-Yorkdagi “Empire State Building” va boshqa osmono‘par binolarning yirik maketlarini yaratadi.
Bu “LEGO Group”ni hayratda qoldiradi va haqiqiy binolarning kichikroq modellarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini rejalashtira boshlaydi. Adam Rid Taker bilan birga 2008-yilda “Willis Tower” va “Jon Hancock” markazlarining nusxalari “LEGO Architecture”ning dastlabki faoliyatini boshlab beradi. Bugungi kunda ushbu loyiha arxitektura, “Landmark” va “Skyline” to‘plami singari 40 dan ortiq modellarni o‘z ichiga oladi.
“LEGO” logotipi evolutsiyasi
1934−1936: ushbu birinchi versiyasida qalin va antiqa shriftda “LEGO” nomi aks ettirilgan. Harflar qora va qalin ranglarda bosilgan. Bu xususiyatlar 1900-yillarning boshlarida boshqa kompaniya ramzlarida keng tarqalgan edi. Boshqalardan ajralib tursa-da, bu o‘yinchoqlar ishlab chiqarishga qaratilgan kompaniya uchun ekanligi aniq bilinmagan.
1936 — 1946: birinchi logotip taqdim etilganidan bir necha yil o‘tgach, kompaniya dizaynni yangilashga qaror qildi. Birinchi versiya qalin, ikkinchisi esa ingichka chiziqlarga ega edi. Yozuvlarni yupqaroq qilish brendga keng assortimentdagi o‘yinchoqlarni ham chiqarish imkonini berdi.
1946−1950: kompaniya birinchi marotaba logotipni to‘q sariq va qora ranglarda taqdim etdi. Shuningdek, uning tashkil etilgan joyi ham dizaynga kiritilgan. Harflar yana qalinlashtirildi va ularning orqasiga soya berildi.
1950−1953: ushbu dizayn uchun kompaniya qalin harflar va o‘yinchoq qutisi dizaynidan voz kechdi, aksincha yangicha belgi — aylanadan foydalandi. Bu doira markazida “LEGO” so‘zlari bo‘lgan shtampga o‘xshardi, uning chekkasidagi qora doirada “Billund Danmark” yozilgan. Bu safar qora, oq va qizil ranglardan foydalanildi.
1953−1955: bundan oldingi versiya uchun o‘zgartirish kiritish bir necha oy davom etgan. Dizaynerlar navbatdagi yangi logotip ustida 2 yil ishlab, unga oldingi nusxadan bir qancha jihatlarni qo‘shishdi. Faqat qizil harflar endi oq rangda tasvirlandi.
1955−1959: navbatdagi logotipda “LEGO” brendi joylashgan qizil ovaldan foydalanilgan. Harflar oq va qalin, lekin burchaklari yumaloq va pufakchali edi. Shrift tanlovi brendning ruhini ifodalagan.
1959−1960: bu gal katta o‘zgarish kuzatilmadi, faqat “System” so‘zi qo‘shildi.
1960−1964: “LEGO” jamoasi oval fonni olib tashlashga qaror qildi va uning o‘rniga oldingi sariq va qizil to‘rtburchaklarni qo‘lladi. “System” so‘zi shrifti kursiv, sariq harflarga yangilandi. Ushbu logotip brendning identifikatori uchun to‘rtta rangni o‘z ichiga olgan — qizil, oq, qora va sariq.
1964−1972: bu safar ham deyarli katta o‘zgarish kuzatilmadi. Faqatgina to‘rtburchak oddiygina kvadratga aylanishi natijasida yangilandi.
1972−1998: ushbu versiya 5 ta rang chizig‘ini o‘z ichiga olgan ikkinchi kvadratni olib tashladi va o‘rniga “LEGO” so‘z belgisi bilan qizil kvadratga e’tibor qaratdi. “System” so‘zi olib tashlanib, ranglar yanada yorqinlashtirildi.
1998-yildan bugunga qadar: hozirda foydalanilayotgan logoda faqatgina harflar oralig‘i o‘zgargan. Jami 11 marotaba o‘zgarishdan keyin kompaniya shu tanlovda qolgan.
“LEGO” haqida qiziqarli faktlar
- Ishlab chiqarish jarayoni shunchalik aniqki har milliondan faqat taxminan 18 qismi nuqsonli chiqadi.
- Yer yuzida 400 mlrdga yaqin “LEGO” g‘ishtlari bor.
- 1978-yildan beri 4 mlrddan ortiq “LEGO” minifiguralari ishlab chiqarilgan.
- Yer yuzida yangi yil bayrami paytida “LEGO” to‘plami har 28 soniyada sotiladi.
- Eng baland “LEGO” minorasining bo‘yi 35 metrdan boshlanib, uni qurishga 550 ming dona g‘isht ishlatilgan. 2015-yil Italiyada qurilgan.
- Yerdan oyga yetib borish uchun 40 mlrd “LEGO” g‘ishtlari kerak bo‘ladi.
- Harbiy mavzudagi “LEGO”lar yo‘q, chunki uning asoschisi urushni bolalarga eslatishni xohlamagan.
Очень интересно было почитать. Одна из самых крупных компаний в мире сейчас
Juda zur ekan, rahmat fazotv
Lego lekin juda qimmat o’yinchoqlari, bir omoqchi bo’ludim, narxini ko’rib fikrimdan qaytdim
Qiziq maqola bo’libti, lego shuncha yildan borligini bilmagan ekanman
Zo’r yozilgan ekan, qiziq bo’ldi
Inshoda ishlataman shuni
Ruschasi bormi?
Ru tepada bosez chiqadi
Ne ploxo
Bunaqa maqolala keremas bu yerda manimcha, kam odam o’qiydi ularni
Fazoda kamdan kam yomon maqolala bo’ladi
Yoqmadi
Legodek katta o’yinchoq chiqaradigan boshqa firma bormi?
Qiziq ma’lumotlar ekan