BMT global isishdan «global qaynash davri»ga o‘tilganini e’lon qildi

BMT global isishdan «global qaynash davri»ga o‘tilganini e’lon qildi

«Havodan nafas olishning iloji yo‘q, issiqlikka chidab bo‘lmayapti», dedi bosh kotib Antoniu Guterrish.

2023 yil iyul oyi rekord darajadagi eng issiq oy bo‘ldi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi shunday «qaynash davri» boshlanmoqda.

Ilgari iyul oyining o‘rtacha harorati Tselsiy bo‘yicha 16 daraja atrofida bo‘lgan. Ammo bu yil u 17 darajaga ko‘tarildi. Iqlimshunoslarning ta’kidlashicha, bundan oldin Yerda bunday issiqlik faqat 120 ming yil oldin bo‘lishi mumkin edi.

Shunday bo‘lsa-da, BMT qoshidagi Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) oy yakunlanmagani bois, yangi rekordni e’lon qilmadi. Biroq, Antoniu Guterrish buni ortiqcha deb hisoblamoqda. «Buni bilish uchun iyul oyining oxirigacha kutish shart emas», dedi bosh kotib.

«Iqlim o‘zgarishini hamma ko‘rib turibdi. Bu dahshatli. Va bu faqat boshlanishi. Global isish davri tugadi, global qaynash davri keldi – havodan nafas olishning iloji yo‘q, issiqlikka chidab bo‘lmayapti», dedi Antoniu Guterrish.

28 iyul kuni Leypsig universiteti (Germaniya) olimlari eng issiq oy haqidagi dastlabki xulosalarni tasdiqlovchi tadqiqotini e’lon qildi. Ularga ko‘ra, o‘rtacha global harorat avvalgi rekord o‘rnatilgan 2019 yil iyuliga nisbatan kamida 0,2 darajaga ko‘tarilgan.

 

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Vayyy dahshat endi yana battari issiq boʻladi ekan uffff

  2. Тимур

    Хар йили ундан хам емон иссик булади энди… оркага йул йук

  3. Ehh…. sad

  4. Humoyun

    Nafaqat issiq, balki juda sovuq ham bo’ladi endi

  5. 2 baravar ehh… sad

  6. Humoyun

    Ha, hursand joyi yo’q

  7. Nega sovuq bo’ladi? Aksincha, har doim issiq bo’lmaydimi?

  8. Humoyun

    Chunki klimat ozgaradi va qishda sovuq kuchliroq boladi

  9. Aaa, tushundim, rahmat

  10. Saidjon

    Bundanam issuro boladimi? dash

  11. Humoyun

    Hm

  12. Hayot qiynalawarkande

  13. Humoyun

    Albatta

  14. Shaxzodaxon

    cry

  15. Ujas

  16. Uffff

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social