Televizor ekraniga tikilib, ertakka berilib ketgan o‘sha sehrli his-tuyg‘uni eslaysizmi? Unda ajoyib malikalar, sehrlangan shahzodalar, sehrgar parilar, makkor o‘gay onalar, odamlar, otlar va sichqondan tortib kitobgacha – barcha narsalar gapirardi. U yerda mehr-muhabbat, ezgulik va adolat, albatta, g‘alaba qozonar edi.
Biroq zamon `o‘zgardi: endi Zolushkaning oyog‘i billur tufliga sig‘maydi, kuchukcha Ledi daydi it unga mos emasligini tushundi, Sohibjamol Maxluqda zo‘ravonni ko‘rdi, Leopold esa o‘z chegaralarini himoya qilishni o‘rganib, endi “ahil yashamoqchi” emas. Qadimiy qasrlar qulab tushdi, balki ertaklar olamining bir qismi o‘z ahamiyatini yo‘qotgandir, kim bilsin.
Bu mehribon qahramonlar o‘rnini esa yangi obrazlar egalladi — Skibidi, Tralalero Tralala. U o‘zi bilan birga Balerina Kapuchino, Tut Tun Saxura, Bombardiro Krokodilo va antropomorf mushuklarni ergashtirib kelmoqda. Xullas, tushunib bo‘lmaydigan va bema’ni narsalar juda ko‘p.
Hozirda brain rot (miya degradatsiyasi) atamasi paydo bo‘ldi. Bu atama mutlaqo hech qanday ma’no tashimaydigan kontentga nisbatan ishlatiladi. Bunday kontentda kadrlar tez almashadi, ranglar juda yorqin bo‘ladi, har soniyada ekranda qandaydir harakat sodir bo‘lib turadi. Bolalar buni zavq bilan tomosha qilishadi. Biroq bunda hech qanday ijobiy tomon yo‘q”, deya ta’kidlaydi klinik psixolog Anastasiya Abramkina.
Shu bilan birga, mutaxassis zamonaviy bolalarning aksariyatiga xos, deb hisoblangan DYGS – diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromini bularning hammasiga sababchi deb hisoblamaydi. Uning aytishicha, bu xarakter emas, balki miya xususiyati bo‘lib, hayotning barcha sohalarida salbiy ta’sir ko‘rsatadigan buzilishdir.


Masalan, men o‘zimni ko‘p vazifali inson deb hisoblayman. Bir vaqtning o‘zida podkast tinglab, ovqat tayyorlab va bolalar xonasidagi vaziyatni kuzatib turishim mumkin. Lekin menda DYGS yo‘q. Agar atrofimdagi axborot manbalari va shovqin ko‘payib ketsa, bu meni bezovta qila boshlaydi, chunki axborot ortiqchaligini his qilaman. DYGS bo‘lgan bola esa butunlay boshqa masala. U chindan ham bir vaqtning o‘zida videoo‘yin o‘ynashi, musiqa tinglashi, smartfonda video tomosha qilishi va kitob o‘qishi mumkin. Shu bilan birga, kelayotgan barcha ma’lumotlarni qayta ishlaydi, garchi ularga chuqur e’tibor qaratmasa ham. Bunday o‘quvchiga, aytaylik, uy vazifalarini bajarish qiyin: ko‘z ochib yumguncha qo‘lida allaqachon nimadir paydo bo‘ladi. Yoshi ulg‘aygan sari miyasidagi tartibsiz fikrlar tufayli u tobora xavotirli bo‘lib boradi. Ha, DYGSli bolaga bir yarim soat davomida bitta multfilm ko‘rish qiyin. Ammo bu oddiy bolaga ham og‘ir bo‘lishi mumkin”, deb tushuntiradi u.
Nima uchun? Bu savolga javob berish uchun xotirangizda istalgan to‘liq metrajli filmni jonlantiring. Unda, ehtimol, faol harakatlardan tashqari qahramonlar bilan tanishish va asta-sekin voqealar rivojiga kirib borish kabi “mashaqqatli yo‘l” ham mavjud. Ammo agar YouTubeda har soniyasi kulminatsiyali ikki daqiqalik videoni ko‘rish mumkin bo‘lsa, ikki soatlik filmda kulminatsiya kutishning nima keragi bor? Tan oling, har qanday katta yoshli odam ham 1-2 soatli filmni korishga sabri yetmaydi. Mana, kichkintoylarga nima yetishmayapti. Ayniqsa, qisqa videolarga ularni go‘dakligidanoq o‘rgatishsa.
Agar ota-onaning asosiy vazifasi bolada mavhum, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, voqealar o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqliklarini tushunishni o‘rgatish emas, balki shunchaki xalaqit bermasligi uchun qo‘liga o‘yinchoq tutqazish bo‘lsa, afsuski, bunday bolada diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi”, deya ogohlantirdi Abramkina.
Oqibatlar keyinroq – maktabda namoyon bo‘ladi. U yerda sabrsiz bolani partaga o‘tkazib, 45 daqiqa davomida doskadan ko‘zini uzmay o‘tirishga majbur qilishadi.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy bolalar uchun raqamli kontent — ayniqsa, ma’nosiz, tez almashuvchi “brain rot” videolar — jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Ular bolalarning diqqatni jamlash, tahliliy fikrlash va sabr bilan kutish qobiliyatini pasaytiradi. Shu bilan birga, bu holat DYGS kabi buzilishlarning sababi emas, balki ularni yanada kuchaytiruvchi omildir.
Shuning uchun ota-onalarning eng muhim vazifasi — bolani tinchlantirish yoki band qilish emas, balki unda mantiqiy tafakkur, voqealar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash va sabr bilan idrok etish ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Axborot oqimini nazorat qilish, bolaga sifatli, mazmunli multfilmlar va kitoblar taklif etish — uning sog‘lom intellektual hamda hissiy rivojlanishining eng ishonchli garovidir.



Hozirda rostanam hammasi shunday, bolalar multfilm korishmaydi, telefonga tikilib otirishadi
Bu muammo kichkinaligidan boshlanadi, ota-onalar bolalari halaqit qimasin, yoki baqirmasin dib, qollariga telefon tutqazib qoyishadi
Boshida faqat bolar bomas multik korishadi, keyin shorts, tiktok, jinnicha oyin oynashadi
Manimcha eng muhimi bu yerda, ota onadan boshlanadi
Agar ota onaga bola muhim bosa, buni kontrolga olishadi
Va bolalar nima korayotganini kontrol qilish kerak
Eh, bizning paytda juda chiroyli multfilmlar bolardi, hozir hammasi bachkana
Osha multfilmlarni korganmisila ozi? Bachkana hammasi