Avstraliyalik kaskader Robbi Medison maxsus jihozlangan mototsiklda Tinch okean to`lqinlarida uchishga muvaffaq bo`ldi.
Mototsikl g`ildiraklariga maxsus taxta o`rnatilgan bo`lib, bu narsa suvda erkin uchishni taminlab beradi. Loyihalashtirish va tayyorgarlik ishlari ikki yil davom etgan.
Natijada ajoyib video paydo bo`ldi. Video lavha “YouTube”da 2 avgust kuni joylashtirilgan edi va juda mashxur bo`lib ketdi. Bir kunda uni 3,7 mln dan ortiq internet-foydalaguvchilar ko`rishga muvaffaq bo`lishdi va ko`rish soni o`sib bormoqda.
E`tiboringizga ushbu video lavhani xavola etamiz!