Hindistonda tug‘ilib o‘sgan va keyinchalik Britaniyaga ko‘chib kelgan 36 yoshli tadbirkor, Pretty Little Thing brendi asoschisi va milliarder Umar Kamani 31 yoshli model Nada Adelga uylandi. Bu haqda “Pravila jizni” xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, dabdabali to‘y Fransiya janubida bo‘lib o‘tgan va unga 20 million funt sterling (25 mln dollardan ortiq) mablag‘ sarflangan. Ijtimoiy tarmoqlarda to‘y marosimidan foto va videolar tarqalmoqda:
Tantanali to‘y tadbirlari to‘rt kun – 2-maydan 5-maygacha davom etdi. Avvaliga payshanba kuni mehmonlar uchun ziyofat uyushtirildi, so‘ng juma kuni Cap-Eden-Roc mehmonxonasida alohida marosim bo‘lib o‘tdi.
To‘yga mehmonlardan supermodel Naomi Kempbell, aktrisa Tessa Tompson, komik Rassel Piters, qo‘shiqchi Kristina Milian, Vogue Arabia bosh muharriri Manuel Arno va Red Sea Film Festival’ning bosh direktori Muhammad Al-Turkiy tashrif buyurdi. Marosimda xonanda Merayya Keri va italiyalik qo‘shiqchi Andrea Bochelli qo‘shiqlar kuylashdi.
Shanba — to‘yning uchinchi kuni an’anaviy hind marosimi sifatida nishonlandi. Yakshanba kuni kelin-kuyov barbekyu kechasi uyushtirdi.
Juma kungi marosimda kelin Dior brendiga mansub, dizayner Mariya Gratsia Kyuri tomonidan yaratilgan maxsus libosni kiydi. Kuyov Tom Ford brendiga mansub smokingda bo‘ldi.
Kuyov Kamani sevgilisiga uch yil avval turmush qurish taklifini bergan. Buning uchun milliarder Monte-Karlodagi Opera teatrini bir kunga ijaraga olgan va asosiy zalni 10 mingdan ortiq qimmatbaho atirgullar va shamlar bilan to‘ldirgan. O‘sha kechada 25 nafar musiqachi “Sohibjamol va maxluq” filmidan musiqa ijro etgan edi.
Juda chiroyli to’y bo’libti, hammamizga chiroyli to’ylar nasib qilsin
Asosiysi qarzlarga kirib to’ylar qimilu
Тури этас, афсус купла нафакат узини, балки яна ешлани карзлага киргизиб туй килишади. Шу киммат туйла урнига, ешлани у бу жойга юбориш кере. Шунда ула купла завк олишади, туйда хаммани енида оч утиргандан кура
Бу мани фикрим. Хеч ким хапа бумасин яна
Kelin juda chiroyli ko’ylak tanlabti
Afsus bunday to’ylardan foyda yo’q. To’y bu boshqalarni qornini to’yg’izish va boshqalarni rozi qilishdir. Afsus bizda to’yga katta e’tibor qaratishadi va kerak bo’lmagan odatlar o’ylab topishadi.
Afsus shuncha xarajat isrofgarchilik oddiyroq qilib qolganini oz ehtiyojlarini qondirishga sarflasa yaxshi boʻlardi ha baribir bularga bilinmaydiku pulni qanchalik kerakligi undan toʻgʻri foydalanishni bilishmasa milliarder bolishsa hech nimani qadrlashmaydi
Turi etas, bunday bazmni nima keragi bor? Kim mazza qiladi? Yowlaga bu umuman keremas manim4a
Tuyim ki4kina yaqinlarim orasida utiwini xohliman
Assalom Alaykum Azizam Goʻzalim dugoshim qalaysiz yaxshimisiz Xayrli kun xa Allahim niyatizga yetkazsin a mani niyatim esa toʻyim kuni Nikoh koylakim faqat koʻzlarim ochiq turib butun badanim yopiq holda chiqishni va Islom diniga mos ravishda oʻtishini va kam xarajat qilib oʻtkazishni juda xoxlardim va shunday nikoh toʻyi boʻlishi uchun har doim duo qilaman va Allahdan shuni soʻriman
Albatta niyatlarizga yetas Hammasi siz hoxlagandek bo’ladi, Xudo O’zi yordam beradi
Amin IN SHA ALLAH Aytkanis kelsin Goʻzalim siz ham barcha niyatizga yeting
Yaxwi niyat yarim mol, bekorga etiwmidiku
Indusga o’xshaydi
Tabriklaymiz, nima derdik
chiroyli
Tabriklayman, baxtli bo’lishsin
Vayvo