Britaniyaning “The Mill” studiyasi “Blackbird” nomli avtomobilni yaratishdi va u avtomobil videolarni olishni yengilashtirishi kerak. Mashina o’z o’lchamini va nisbatini o’zgartirishi mumkin. Bu esa kompyuter grafik yordamida istalgan modelga “o’zgarish” imkoniyatini beradi.
Kompaniya vakillarining aytishicha, ular avtomobil reklamasidagi eng qiyin muammoni yechishga muvaffaq bo’lishdi. “Birinchi bo’lib biz istalgan avtomobilni uning yo’qligiga qaramasdan videoga olishimiz mumkin” – deb xabar berdi The Mill.
Mashina kerak bo’lgan o’lchamda bo’lishi mumkin. Hamda, aylanma kameralar va uch o’lchovli skaner yordamida Blackbird videoga olayotgan guruhga elektro mashinaga kerak bo’lgan virtual rasmni joylashtirishi mumkin.
Manba: motor.ru