The Best-2023. Messi – yilning eng yaxshi futbolchisi, Gvardiola – eng yaxshi murabbiy

The Best-2023. Messi – yilning eng yaxshi futbolchisi, Gvardiola – eng yaxshi murabbiy

FIFA 15 yanvar kuni Londonda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha 2023 yilning eng yaxshilarini taqdirladi.

Kutilmaganda Argentina milliy jamoasi va «Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 35 yoshli futbolchi sovrin uchun kurashda Erling Holand («Manchester Siti» / Norvegiya) va Kilian Mbappeni  («PSJ» / Fransiya) ortda qoldirdi.

Barcha nominatsiyalar g‘oliblari:

Eng yaxshi futbolchi – Lionel Messi («PSJ», «Inter Mayami» / Argentina);
Eng yaxshi ayol futbolchi — Aytana Bonmati («Barselona» / Ispaniya) 
Eng yaxshi murabbiy – Xosep Gvardiola («Manchester Siti» / Ispaniya);
Eng yaxshi ayollar murabbiyi — Sarina Vigman (Angliya milliy jamoasi) 
Eng yaxshi darvozabon – Ederson («Manchester Siti» / Braziliya);
Eng yaxshi ayol darvozabon — Mari Erps («MYu» / Angliya) 
Eng chiroyli gol muallifi – Gillermo Madruga («Botafogo» / Braziliya);
Fair Play sovrini – Braziliya milliy jamoasi
«Eng yaxshi muxlis» — Ugo Daniel («Kolon Santa Fe» / Argentina) 

Ramziy jamoa 3-3-4 sxemasida ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Tibo Kurtua («Real» / Belgiya);

Himoyachilar: Kayl Uoker («Manchester Siti» / Angliya), Jon Stounz («Manchester Siti» / Angliya), Ruben Diash («Manchester Siti» / Portugaliya);

Yarimhimoyachilar: Kevin de Bryuyne («Manchester Siti» / Belgiya), Bernardu Silva («Manchester Siti» / Portugaliya), Jud Bellinghem («Borussiya D», «Real» / Angliya);

Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ» / Fransiya), Vinisius Junior («Real» / Braziliya), Erling Holand («Manchester Siti» / Norvegiya), Lionel Messi («PSJ», «Inter Mayami» / Argentina).

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Ваще не заслужил

  2. Holand olishi kerak edi

  3. Тимур

    Ха, лекин Фифа билганини килади

  4. A u yerda nafaqat Fifa balki futbolchilar, murabbiylar va boshqalar ovoz berishgan, kloun bo’lib ketyapti individual sovrinlar.

  5. Holandchi???

  6. Тимур

    Холандни жинни килишди

  7. Holand olishi kerak edi

  8. Bred! dash

  9. Fuuuuu bad

  10. Shit

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social