Yulduzlar o`rtasidagi ishqiy munosabatning uzoq davom etmasligi to`g`risidagi xaqiqat yana bir bor o`z isbotini topmoqda desak adashmaymiz.
Yaqinda Britni Spirs o`zi bilan unashtirilgan Djeyson Travik bilan o`rtalaridagi munosabat to`xtaganligi xaqidagi xabar tarqaldi. Bunga sabab esa Djeyson Travikning oilada boshqa farzand ortirishga qarshi ekanligi bo`libdi.
31 yoshli xonanda Britnining oldingi nikohidan ikki farzandi bor Djeydi va Shon. Britni yana farzand ko`rish istagida edi, lekin 41 yoshli Travik Britnining ikkala farzandi bilan munosabatlari yaxshi bo`lishiga qaramasdan, oilada boshqa farzand ortirishni istamadi.
Britni Spirs va Djeyson Travik o`rtasidagi ishqiy munosabat uch yil oldin boshlangan. O`sha vaqtlar Djeyson Travik Britnining agenti bo`lib ishlab yurgan. 2011 yili esa Djeyson Travik Britniga uch karatli brilliant uzugini sovg`a qiladi, va o`shanda ular nikoh to`yini 2012 yilning dekabr oyiga rejalashtirishgan edilar. Lekin to`y to`xtatildi, va ommaviy axborot vositalarida bu juftlik o`rtasida kelishmovchilik va shunga o`xshagan xar xil mish-mish gap so`zlar tarqala boshladi. Shanba kuni esa Britni Spirs va Djeyson Travik o`rtalaridagi munosabat to`xtaganligi xaqida ma`lum qilishdi.
Bu yangilik hozirda ko`pchilik uchun kutilmagan yangilikdir, lekin g`arb davlatlar uchun bu olam shumul yangilik emasligi aniq. Chunki ko`plab yulduzli juftliklarning shu kabi, yoki bo`lmasam arzimagan bir sabablarga ko`ra ajralib ketishini ko`rmoqdamiz.
карочи эта бритни астанится старой девой, и в старости ее дажи дети оставит и убегут! чта ана делаит????
Айтмоқчи, мана сила гапирвотган Бритнси Спирс 2012 йилнинг энг кўп пул ишлаган дунё қўшиқчиларидан бири. Рианна адашмасам учинчи ўринда. Хатто Мадоннаям булага етомади. Лекин албатта ажрашиш масаласига кеганда ахвол чатоқ. Бу одамла афсус бахтли бўломиди. Чунки улар бу дунёга мухаббат қўйган. Демак хулоса қанақа? Демак пул, машхурлик ва давлат одамни бахтли қимиди. Бу факт!
узи бу юлдузлани шахсий хаёти яхши бумайди шекилли, айникса гарб давлатланики, ишкилиб бундай шармандачиликдан бизни юлдузлани асрасин
yulduzlar hamma joydi yulduz bo’b qolaveradi – bu fakt, biz oddiy unsonlaga o’zimizzi yulduzlani shaxsiy hayotida bo’votgan narsalar etib kemaydi, faqat bazi bazida buni guvohi bo’b qolamiza, ochig’i bizi yulduzla, rossiyaniki bu yoqda tursuni, yuqorida atvotgan g’arb yulduzlaridan da oshib o’tadi, mana bunisi ayanchli
ман бир гарб давлатладаги хонандалани хурмат киламан, тугри улани шахсий хаёти яхшимасдир, лекин улар уз касбига, айникса мухлисларига бизнинг Озодбек Назарбеков деган халк артиси каби паст назарда бумайди, улар уз касбини жуда мохирона ижро этишади, ва шу оркали топаётган нониям халол, мана шу тарафини ман жуда хурмат киламан
britni cpirsdan xar xil yangilik kutsa buladi,bu uje yangilik emas ))))
Mana sizlar ajrashadi bahtli bo’midi divossizlar. A buning sababi nimada ekan? Kim biladi? Men ham yulduzman. Men ham huddi shu vaziyatga tushmasligim uchun nima qilishim kerek?
yulduzlarda “Yulduzlik Kasalik” degan narsa buladi, ular xar doim uziga yaxshi narsa olish, xar doim birinchi urinda bulishni xoxlashadi. mana uzbek estrada yulduzlarni olsek: Rayhon va Yigitali! uylisiz ularning orasida sevgi bormi??? nima uchun ular turmush kurishdi?
albatta bor, nime endi bumas ekan, ikkalasiyam katta yoshli odamla, nima qilishyotganini bilishadi, Rayhon opa ham ancha aqlli
muallif Shokir – manimcha hamma narsa boshidan boshlanadi,turmush qurmoqchi bugan ikki shaxs ham birinchi galda nima uchun turmush qurmoqchiligini bilishi kere, hozir kupchili birinchi uringa extiroslarini quyishadi, ming afsuski bu extirosla utkinchi buladi, extirosla qanday tezli bilan paydo busa, shu tezlida yuq bub ketish extimoliyam yuqori buladi