Bir kichkina shaharchaga sayyoh tashrif buyurdi. U birinchi marta ushbu shaharchaga kelgan edi, shuning uchun shaharcha bilan tanishib chiqishga qaror qildi. Lekin u birinchi bo’lib sochini oldirishi kerak edi, chunki sayyoh o’z shahrida buni qilishga ulgurmagan edi.
U bir mahalliy kishidan sartaroshxona haqida so’radi, unga esa ikkita sartaroshxona borligini aytishdi va ular bir-biriga qarama qarshi turishar edi.
Sayyoh aylanib ularni topdi. Birinchi sartaroshxona oynasidan qarab ko’rdiki xona ichi juda toza va sartarosh chiroyli kiyingan. Keyin ikkinchi sartaroshxonaga qarab, sayyoh ko’rdiki ichi juda iflos va sartaroshning ko’rinishi ham uncha yaxshi emas edi.
Shunda sayyoh ikkita sartaroshxonaning narxlarini taqqosladi va ikkala sartaroshxonada ham soch oldirish bir xil narxda bo’lishini tushundi. Ammo sayyoh ikkinchisiga kirdi. Nima uchun u shunday qarorni qabul qildi?
Javob
Shaharchada faqatgina ikkita sartarosh bo’lsa, demak ular bir-birini sochini olishgan. Birinchisi aniq kasbdoshini sochini soxta olar edi, chunki uning ko’rinishi unchalik yaxshi bo’lmagan, ikkinchi sartarosh esa o’z raqibining sochini juda yaxshi va chiroyli olgan.