Bu Toshkentda bo’lmagan narsa bo’ladi

Bu Toshkentda bo’lmagan narsa bo’ladi

Hayotimiz bilan birga shahrimiz ham o’zgarib bormoqda. Yuqori tezlik bilan yangi uylar barpo etilmoqda, yo’llar o’zgarmoqda, ko’priklar qo’rilmoqda, insonlarga ko’plab qulayliklar yaratilmoqda. Yaqinda Toshkentda yana yangi bio-tek dizayndagi istirohat bog’I ochilmoqda.

3 (5)

Har bir istirohat bog’ining maqsadi – xalqni baxtli qilishdir. Yangi istirohat bog’ida odamlar zavq olishlari, sayr qilib, quyosh ostida va yashil o’tlar ustida rohat olishlari, ular sport bilan shug’ulanishlari yoki o’tirib ko’lga nazar solib dam olishlari mumkin.

3 (2)

Ushbu bog’ Kostel va eski zoopark o’rtasida joylashgan bo’ladi. U yerda avtomobillar qoldirish maxsus joyi ham bo’ladi.

3 (4)

Sog’lom turmush tarzi tarafdorlari ochiq havoda trenajor, yoga bilan shug’ulanishlari yoki badminton, mini-futbol va plyajli volleybol o’ynashlari mumkin bo’ladi. Dam oluvchilar uchun sport maydonchalarda kiyim almashtirish xonalari va dush bilan jihozlangan bo’ladi.

3 (3)

Ushbu bog’ga kirish bepul bo’ladi. Bog’ 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga ochishli rejalashtirilgan va bog’ har kuni ertalab soat 6 dan 11 kechgacha ishlaydi.

3 (1)

Manba: Afisha

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social