Dunyodagi eng qimmat avtomobillarni ishlab chiqaruvchi Bugatti o’z velosipedini cheklangan sonda ishlab chiqaradi.
Bugatti kompaniyasi tarixdagi eng tez va hashamatli mashinalar ishlab chiqaradi. Kompaniya ishlab chiqarish sohasini kengaytirib, o’zining qimmat va hashamatli katerlarni taqdim etgan edi. Endilikda, kompaniya PG Bugatti Bike velosipedini taklif etdi.
PG Bugatti Bike o’ziga xos xususiyatlariga ega. Birinchidan velosiped 95% dan ortiq uglerod tolalaridan qilingan, u nafaqat og’irlikni kamaytiradi va yana ajoyib ko’rinishni beradi. Natijada, velosiped kamida 5 kg og’irlikga ega bo’lib dunyodagi eng yengil “maxsus shahar velosipedi” bo’ldi.
Bundan tashqari velosiped maxsus ishlab chiqarilgan rul amortizatorga ega va uning dizayni yuqori aerodinamika uchun mo’ljallangan.
PG Bugatti Bike velosipedi turli rangda mavjud bo’ladi. Iste’molchilar o’z Bugatti mashina rangiga mos, shu jumladan, velosiped uchun ham har qanday rang tanlashi mumkin.
Kompaniya jami 667 velosipedlarni ishlab chiqaradi va bir nusxasining qiymati 39,000 dollarga tengdir.
Manba: Naked-science