Boshqa davlatga ketganingizda mahaliy urf-odatlar bilan tanishib chiqish zarurdir. Bu sizga noqulay vaziyatga tushmaslikka va o`zingizni g`alati ko`rsatmaslika yordam beradi. Mazkur maslaxatlar mahalliy yashovchilar tomonidan berilgan bo`lib, ularning bergan maslahatlari har qanday yordamchi haritadan ham yaxshiroq va sizga qanday qilib ularning uyida o`zingizni tutishingizga yordam beradi.
O`tgan maqolalarimizda “Chet elliklardan maslahatlar” ning 1-qismini taqdim qilgan edik. Navbatdagi maqolada siz boshqa davlatlar haqida tanishib chiqishingiz mumkin.
Eron. Bizlarda erkaklar shortiklar qiyishmaydi. Mahalliy aholi sizdan rasm olib turganiz uchun pul so`rashlari mumkin.
Turkiya. Uyga kirganingizda oyoq kiyimingizni echib kiring. Agarda uy egasi sizga oyoq kiyimda kirishingiz mumkin deb aytsagina bemalol kirishingiz mumkin. Choy bilan mehmon qilishsa, rad etmang. Chunki bu qo`pollik hisoblanadi. Stambulni hech qachon Konstantinopol` deb aytmang va davlatning poytahtini adashtirmang (Turkiya poytaxti – Ankara).
Xitoy. Agarda oshqozon kasali bo`lishni xohlamasangiz, “kran”dan suv ichmang.
Yaponiya. Agarda siz kimgadir choy chaqa qoldirsangiz, demak siz uni professional ishchi deb hisoblamaysiz, ularga ortiqcha to`lov kerak emas. Bizda stantsiyada, bekatda va poezdlarda mobil telefonda gaplashmaydilar – bu yo`lovchilarning tinchligini buzadi va madaniyatsizlik hisoblanadi (hamma sms yozishadi).
Tailand. Qirol va qirollik oilasi haqidagi yomon gap uchun, sizni 15 yilga ozodlikdan mahrum etishlari mumkin. Agarda mahalliy kishi sizni ovqatlanishga taklif qilsa – siz undan ko`ra sekinroq eying. Agarda siz uy egasidan ko`ra tezroq ovqatlasangiz hurmatsizlik hisoblanadi.
Hindiston. Bizda barcha joylarda, bozorlarda, do`konlarda ham savdo-sotiq qilish mumkin. Agarda sovdalashishni bilmasangiz, sizni xech kim hurmat qilmaydi. Oq gullarni sovg`a qilmang, ularni faqat dafn marosimlarida berishadi.
AQSh. Bolalarga tegmaslikka harakat qiling, ayniqsa siz ularga notanish bo`lsangiz. Aks holda sizni noto`g`ri tushunishadi va qamab qo`yishlari ham mumkin. Katta shaharlarda (ayniqsa N`yu-yorkda) mahalliy aholi tez yurishadi. Doimo sizdan shoshiladigan inson bor, doimo yo`l berib turishingizga to`g`ri keladi. Notanish insonga transportda yaqin turish bu normal holat, ammo do`konda emas. Er ostida telefonlar ishlamaydi.
Sal`vador. Agarda siz ingliz tilida gapirsangiz, mahalliy aholi sizni amerikalik deb o`ylashlari mumkin va bu sizda pul ko`p deganidir. Va ular hattoki sizni o`g`irlab ketishlari mumkin. Ispan tilini o`rganing!
Paragvay. Politsiyamizdan chetroq yuring. Bo`lmasam politsiya ko`ziga tushsangiz doim 50 dollarga yaqin pul tashlab ketishingizga to`g`ri keladi.
Avstraliya. Avstraliyaliklar aktsentni bilan gapirishga harakat qiling, chunki ularga bu juda yoqadi. Bu Avstraliya nima xohlasangiz, shuni qiling.
Agarda siz estetika qoidalari bilan bo`lishmoqchi bo`lsangiz yoki boshqa mamlakatlardagi munosabat qilish odati bilan bo`lishmoqchi bo`lsangiz bemalol kommentlar qoldirishingiz mumkin.
uzbekiston haqida ham yozib bering )))
juda zo`r