“TurStat” analitik agentligi MDHdagi 2017-yilda tog’da dam olish uchun eng mashxur joylarni aniqladi.
Tog’da faol dam olishga:
- Tog’da yurish (trekking),
- Jiping (Jip mashinasidagi sayohat)
- Tog’dagi velosiped va kvadrotsiklar,
- Spa va fitness
– larni o’z ichiga oladi.
MDH davlatlar ichidagi eng besh mashhur tog’ maskanlari ro’yhatida Qozog’iston, Ozarbayjon, Armaniston, Qirg’iziston va O’zbekiston joylashgan.
Rossiyalik sayyohlar uchun MDH dagi Top-5 faol dam olish maskanlariga Chimbulak (Qozog’iston), Shahdag (Ozarbayjon), Tsaghkadzor (Armaniston), Chimyon (O’zbekiston) va Karakol (Qirg’iziston) lar joy olgan.
Ma’lumotlar onlayn mehmonxonalarni bron qilinishidan yig’ilgan. TurStat ma’lumotlariga ko’ra, sayyohlar tog’da dam olishga o’rtacha 7 kunga rejalashtirmoqda.
Kam harajatli dam olish maskanlari Karakol va Chimyon (kuniga kamida $ 70), eng qimmat ta’til esa Chimbulakda (kuniga $100 ortiq) ekan. Qolganlarida esa, Shahdag – $ 90, va Tsakhkadzorda kuniga $ 80 ni tashkil etadi.