Bu yilgi “Dunyo go‘zali” tanlovida universitet talabasi, tailandlik Opal Suchata Chuangsri g‘alaba qozondi. Hakamlar va tomoshabinlar qalbini zabt etgan qiz haqida nimalar ma’lum?
Opal Suchata Chuangstri 2003-yil 20-sentyabrda Pxuketdagi mehmonxona egalari oilasida tug‘ilgan. Hozirda u Bangkokdagi Tammasat universitetining Xalqaro munosabatlar fakultetida ta’lim olmoqda va diplomatik karyera qurishni orzu qilmoqda. Qiz modellik bilan ham shug‘ullanadi hamda tay, xitoy va ingliz tillarida erkin so‘zlasha oladi.

U ko‘krak bezi saratonini davolash usullarini o‘rganish bo‘yicha ko‘ngillilar faoliyatida faol ishtirok etadi. Opal 17 yoshida ilk bor “Miss Rattanakosin” mintaqaviy go‘zallik tanlovida qatnashgan.
Opal 16 yoshida ko‘kragidagi xavfsiz o‘smani olib tashlash operatsiyasini boshidan kechirdi. Bu hodisa uni ayollar kasalliklarining oldini olish va o‘z vaqtida aniqlash masalalariga e’tibor qaratishga undadi. Shu maqsadda u aholining ko‘krak bezi saratoni haqidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan Opal For Her notijorat tashkilotini tuzdi.

Opal asosiy ta’limidan tashqari, inson tabiatini va jamiyat tuzilishini chuqurroq anglash maqsadida psixologiya va antropologiyaga ham qiziqadi.
Yangi unvon sari yo‘l

Opal Suchata Chuangstri 180 sm bo‘yi bilan vatandoshlaridan ajralib turadi. Ayollarning o‘rtacha bo‘yi 157 sm, erkaklarniki esa 168 sm bo‘lgan yurtida u baland bo‘yli hisoblanadi.
Opalning go‘zallik tanlovida g‘alabaga erishishi uchun to‘rt yil vaqt ketdi. U o‘z yo‘lini 17 yoshida “Miss Rattanakosin” mahalliy musobaqasida qatnashishga urinishdan boshladi. Garchi bu urinish kutilgan natijani bermagan bo‘lsa-da, qiz ruhini tushirmay, maqsadi sari intilishda davom etdi.
Bir yil o‘tgach, u “Miss Universe Thailand” milliy tanlovida yana bir bor omadini sinab ko‘rdi. Bu safar u uch nafar finalchi qatoriga kirdi, ammo xalqaro maydonga chiqish imkoniyati unga emas, balki tanlov g‘olibiga nasib etdi. Qisqa vaqt ichida yirik go‘zallik tanlovlarida yutuqlarga erishgan Opal g‘oyat go‘zal va ichki dunyosi go‘zal inson sifatida jamoatchilik e’tibori va e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Ikki yil o‘tgach, 2024-yilda qiz “Koinot go‘zali” tanloviga yo‘l oldi va u yerda o‘zining professionalligini hamda donoligini namoyon etib, ikkinchi vitse-miss unvonini qo‘lga kiritdi. Biroq Opalning maqsadlari bundan ham yuqori edi va u “Dunyo go‘zali” tojini qo‘lga kiritishga ahd qildi.
Tanlov tashkilotchilari uni “Koinot 2024” ikkinchi vitse-miss unvonidan mahrum qilishdi, chunki u natijalar e’lon qilinganidan keyin bir yil davomida ishtirokchilarning tanlovga ariza berishini taqiqlovchi qoidani buzgan. Opal tashkilotchilarning qarorini hurmat bilan qabul qildi va erishgan yutuqlari bilan faxrlanishini aytdi.
“Dunyo go‘zali 2025”ga tayyorgarlik ko‘rish uchun atigi 15 kunim bor edi. Men millat ruhini va eng muhimi, dunyo farovonligi uchun o‘zimni bag‘ishlashga tayyor qalbni o‘zimda mujassam etganman”, deydi u.
May oyi boshida Hindistonga kelgan Opal tezda muhitga moslashib, tayyorgarlik tadbirlarida faol qatnashdi. Uning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, ko‘pchilikning maqtoviga sazovor bo‘ldi.
10-may kuni o‘tkazilgan rasmiy ochilish marosimida Opal Tailandni ifodalovchi an’anaviy milliy libosda namoyon bo‘ldi. Dastlabki bosqichlarda u eng yaxshi 40 nafar ishtirokchi ro‘yxatiga kirdi.

Hindistonning Haydarobod shahrida bo‘lib o‘tgan tanlovning final bosqichini yakunlagan Opal hay’atga o‘zining ishonchini, aql-zakovatini va ijtimoiy hissa qo‘shishga intilishini namoyish etdi. Musobaqaning finali bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, unda 108 nafar ishtirokchi orasidan finalchilar aniqlandi. Yakuniy qaror hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan qisqa savol-javob davrasidan so‘ng qabul qilindi.
Opalning “Dunyo go‘zali-2025” tanlovida g‘alaba qozonishi shunchaki yutuq emas, balki ruhiy kuch, go‘zallik va matonatni aks ettiruvchi fazilatlarning namoyon bo‘lishidir. Qiz o‘z taqdirini ilhom manbai sifatida tasvirlab, yoshligida ko‘krak saratoni bilan kurashgan shaxsiy tajribasiga ishora qiladi. Davolanish kursidan so‘ng u kasallikni yengib, bu tajribasidan optimizm g‘oyasini targ‘ib qilish va hayotiy qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun foydalandi.
“Ilgari sahnaga chiqish u yoqda tursin, oddiy hayot kechira olmasam kerak, deb o‘ylardim. Ammo bu sinov menga hayotning har bir kuni qadrli ekanligini tushunishga yordam berdi. Boshqalarga yordam bermoqchiman. Men haqiqiy go‘zallik qalbdan va amallardan kelib chiqishi kerak, deb ishonaman”.
Ko‘pchilik ishtirokchilar Opalning mehribonligini ta’kidlashmoqda, buni sahna ortida olingan ko‘plab suratlar tasdiqlaydi. Ayniqsa, u bir xonada yashagan I Nxi bilan yaqin do‘stlik aloqalari o‘rnatgan. Ular birgalikda qiziqarli videolar tayyorlashadi.

Opal Suchata Chuangsrining so‘nggi chiqishi uning hayot yo‘lining cho‘qqisi va vazifasining haqiqiy ifodasi bo‘ldi. U nozik gullar bilan bezatilgan ajoyib oppoq libosda jahon hamjamiyati oldida namoyon bo‘lib, go‘yo sog‘ayish, tiklanish va ichki bardoshlilik timsoli edi. Kiyim shunchaki chiroyli element emas, balki uning kasallikka qarshi kurash tarixi va ayollar salomatligining muhimligiga bo‘lgan chuqur e’tiqodining ramzi edi.
“Dunyo go‘zali 2025” unvonining yangi sohibasiga toj kiydirish marosimi haqiqatda sehrli lahzaga aylandi. Tojning avvalgi sohibasi, chexiyalik Kristina Pishkova Opalga toj kiydirib, tanlov tarixida yangi davr boshlanganini tasdiqladi.

Opal Suchata Chuangsrining g‘alabasi nafaqat Tailand, balki butun Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi uchun yangi istiqbollarni ifodalamoqda. Uning hayoti millionlab qizlarni o‘z kuchiga ishonishga ruhlantiradi, ularning oldiga ulkan maqsadlar qo‘yadi va haqiqiy go‘zallik aql-idrok, bilim, ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usi hamda to‘siqlarni yengib o‘tib, jasorat bilan oldinga intilish qobiliyati bilan chambarchas bog‘liqligini ta’kidlaydi.
“Bu lahza shunchaki shaxsiy g‘alaba emas, balki o‘zini ko‘rishlarini, eshitishlarini va nimanidir o‘zgartirishni istaydigan har bir yosh qizning umumiy orzusidir. Men chindan ham dunyoni yaxshilik sari o‘zgartirishni istayman”, deydi u.
Juda chiroyli qiz ekan
Bitta savolim bor faqat, Tailanddan ekan, yigitmasligini tekshirishganmi?
Bu hazl hazl, chiroyli qizakan, manga yoqdi
Yaxshi ishlar qilarkan, barakalla!
2003 yilligi qorqitti, keyin oylasam 22 yosh ekan ular
Qaridim qaridim men
Manam urinsam bolarkan
Ozbekistondan ozi borishadimi?
Ladyboy
Go’zal ayol