Dunyo milliarderlari amal qiladigan 5 ta foydali odat

Dunyo milliarderlari amal qiladigan 5 ta foydali odat

Eng badavlat va mashhur tadbirkorlarni nima birlashtiradi? Ularning har biri boshqa-boshqa sohada ishlaydi, xarakteri ham, hayot tarzi ham turlicha. Shunga qaramay, ularni muvaffaqiyatga olib chiqqan umumiy odatlar bor. Quyida milliarderlar orasida ko‘p uchraydigan beshta foydali odat haqida so‘z yuritamiz.

Qat’iyat 

Muvaffaqiyatga erishish oson emas. Bu yo‘lda xatolar, muvaffaqiyatsizliklar va qiyinchiliklar ko‘p bo‘ladi. Eng muhimi — taslim bo‘lmaslik va oldinga harakat qilish.

Masalan, Apple asoschisi Stiv Jobs bir paytlar o‘zi yaratgan kompaniyadan haydalgan. Ko‘pchilik bunday vaziyatdan keyin to‘xtab qolishi mumkin edi. Ammo u boshqa loyihalarda ishladi, tajriba orttirdi va oradan yillar o‘tib Apple’ga qaytdi. Natijada kompaniyani yanada kuchli brend darajasiga olib chiqdi.

Uolt Disney ham dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Uning birinchi animatsiya studiyasi bankrot bo‘lgan. Shunga qaramay, u orzusidan voz kechmadi va keyinchalik butun dunyoga mashhur kompaniyani yaratdi.

Joan Rouling ham qiyin yo‘lni bosib o‘tgan. U yolg‘iz ona bo‘lgan, moddiy qiyinchilikda yashagan. “Garri Potter” kitobini chop etish uchun 12 ta nashriyotdan rad javobini olgan. Faqat 13-marta urinib ko‘rgach, kitobi chiqqan. Bugun esa u dunyodagi eng boy yozuvchilardan biri hisoblanadi.

Mutolaa

Muvaffaqiyatli insonlar vaqtini foydali va mazmunli o‘tkazishga harakat qiladi. Ular ko‘pincha bilim olishni tanlaydi va muntazam kitob o‘qiydi.

Bill Geyts kitob o‘qishga alohida e’tibor beradi. U har yili yuzlab kitoblarni mutolaa qiladi va o‘qigan asarlarini boshqalar bilan ham bo‘lishadi. Uning uyida katta kutubxona ham mavjud.

Mark Sukerberg ham kitob o‘qishni odat qilgan. U bir vaqtlar har ikki haftada kamida bitta kitob o‘qishni maqsad qilgan va bunga amal qilgan. Keyinchalik u o‘qigan eng yaxshi kitoblarini tavsiya ham qilgan.

Qat’iy belgilangan kun tartibi

Muvaffaqiyatli odamlar vaqtni qadrlaydi. Ular kunini reja asosida o‘tkazadi. Aniq jadval insonni intizomli qiladi va ko‘proq ishni bajarishga yordam beradi.

Masalan, Ilon Mask kunini juda aniq tarzda rejalashtiradi. Uning ish vaqti hatto daqiqalargacha bo‘lingan. U nafaqat korporativ uchrashuvlarini, balki shaxsiy mashg‘ulotlarini ham oldindan belgilab qo‘yadi. Maskning fikricha, vaqtni to‘g‘ri boshqarish muvaffaqiyatning muhim shartidir.

Jeff Bezos ham belgilangan kun tartibiga amal qiladi. U har kuni yetarli uxlashga harakat qiladi, ertalab soat 10 dan oldin muhim uchrashuv belgilamaydi va oilasi bilan birga nonushta hamda kechki ovqat qilishni kanda qilmaydi.

Barvaqt uyg‘onish

Ko‘plab muvaffaqiyatli insonlar kunni erta boshlaydi. Ular tonggi vaqtni eng samarali payt deb biladi.

Richard Brenson ertalab soat 5 da uyg‘onadi. U erta turish orqali ishga ham, shaxsiy hayotga ham vaqt topa oladi.

Robert Ayger ertalab esa tongda soat 5:30 da turadi. U ertalabki paytni gazeta o‘qish, xatlarni ko‘rib chiqish va sport bilan shug‘ullanishga ajratadi.

Jerri Leyborn ham ertalab soat 6 da uyg‘onib, ish boshlanishidan oldin toza havoda sayr qiladi. Bu unga kun davomida tetik yurishga yordam beradi.

Sport 

Sport sog‘liq uchun juda muhim. Muntazam jismoniy faollik nafaqat tanani, balki ruhiy holatni ham yaxshilaydi.

Mark Sukerberg jang san’ati bilan shug‘ullanadi. U deyarli har kuni bir soat mashq qiladi. Dam olish kunlari esa syorfingga boradi.

Yevropaning eng boy odami va Louis Vuitton egasi Bernar Arno haftasiga to‘rt soat vaqtini tennisga bag‘ishlaydi.

Madonna esa ko‘p yillardan beri yoga bilan shug‘ullanadi. Bu unga qomatni yaxshi saqlashga yordam beradi.

Kommentlar: 29 komment. 29 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Dilshod

    Juda motivatsion maqola ekan Ayniqsa, Jobs va Rouling haqidagi misollar ruhni ko‘taradi.

  2. Dilshod

    Qat’iy kun tartibi va ertalab erta turish qismi menga eng yoqqani bo‘ldi — sinab ko‘rish kerak

  3. Dilshod

    Mutolaa qilish odati deyarli hammasida bor ekan, demak, muvaffaqiyat kaliti kitobda ham bor

  4. Dilshod

    Sport + intizom + sabr = natija. Oddiy formuladek, lekin amalda eng qiyini shu

  5. Manga yoqdi bu maqola smile

  6. Fazotv ga raxmat, omad silaga smile

  7. Zo‘r maqola! O‘qib bo‘lib darrov daftar ochdim, rejalar tuza boshladim

  8. Jobs haqidagi joyini yana bir bor o‘qib chiqdim — odam yiqilib ham yutishi mumkin ekan

  9. Bunday maqolalar ba’zida bitta gap bilan butun kayfiyatni o‘zgartirib yuboradi

  10. Dilnoza

    Hamma milliarder bo‘lishi shartmi o‘zi? Oddiy baxtli yashash ham yetarli-ku ‍♀️

  11. Dilnoza

    Erta tur, sport qil, kitob o‘qi — bularni hammamiz bilamiz, yangilik yo‘q

  12. Dilnoza

    Hammasi chiroyli yozilgan, lekin real hayotda bunchalik silliq bo‘lmaydi

  13. Men ertalab 5 da emas, 11 da uyg‘onaman, shuning uchun milliarder emasman shekilli

  14. Sport deyishadi, lekin sport zalga borish ham motivatsiya talab qiladi-ku

  15. Mutolaa yaxshi, lekin Netflix ham yomon emas deb o‘ylayman

  16. Rouling haqidagi qism yuragimga tegdi ❤️ Taslim bo‘lmaslik — eng katta kuch ekan.

  17. Bunday hikoyalar odamni ichidan uyg‘otadi, rostakamiga

  18. O‘zim ham kichik odatlarimni o‘zgartirib ko‘raman, balki hayot ham o‘zgarar ✨

  19. Yana o‘sha boylarni ko‘klarga ko‘tarish ‍♂️ Oddiy odamlar haqida ham yozsangiz bo‘lardi.

  20. Milliarder bo‘lishni hammaga namuna qilib ko‘rsatish — bu ham bosim aslida

  21. Hammasi pul atrofida aylanadi, lekin baxt haqida kam gap

  22. Odatlar zo‘r, lekin hamma ham Ilon Mask bo‘la olmaydi, gap shunda

  23. Baribir har kimning sharoiti har xil, lekin urinib ko‘rishga arziydi

  24. Eng muhimi — o‘zingni boshqalar bilan solishtirmaslik, shuni eslatgani uchun rahmat

  25. Mayli shunday bolsin

  26. Galati manimcha ishlar

  27. Raxmat

  28. Juda yaxshi maqola

  29. Fignya hammasi manimcha

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social