“Arsenal” Odil Ahmedov uchun 4 mln evro taklif qilmoqda

“Arsenal” Odil Ahmedov uchun 4 mln evro taklif qilmoqda

Rossiyaning www.izvestia.ru sayti xabar berishicha, Londonning «Arsenal» klubi «Anji» yarim himoyachisi, milliy terma jamoamiz a`zosi Odil Ahmedov uchun 4 million evro taklif qilmoqda.

Ushbu summa Odil Ahmedovning Transfermarkt.de saytida ko`rsatligan narxidan ancha kam. Transfermarkt.de sayti Ahmedovni 6 million evroga baholagan. “Arsenal” vakillari “Anji” rahbariyati o`zini Angliya Prem`er-ligasida sinab ko`rish istagida bo`lgan Ahmedovning jamoadan ketishiga qarshilik qilmasligiga umid qilishmoqda. 

Odil Ahmedovning o`zi ham bu ma`lumotni tasdiqlab o`tgan.  “Ha, bu rost. “Arsenal” klubi skautlari meni anchadan beri kuzatib yurishibdi. Agar bu klubga o`tadigan bo`lsam, bu nafaqat men uchun, balki butun o`zbek futboli uchun foydali bo`ladi. Albatta, men “Anji”da o`zimni yaxshi his etmoqdaman. Bu erda meni barcha narsa qoniqtiradi. Ammo men o`zimni Angliya yoki Ispaniya chempionatida sinab ko`rmoqchiman.  Ayniqsa, “Arsenal”da o`ynashni anchadan beri orzu qilaman”, – deydi Odil Ahmedov. 

Odil Ahmedov “Anji” tarkibida 76ta uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol kiritishga muvaffaq bo`lgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2015 yilgacha mo`ljallangan.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    Maladest Odil. Biz sen bilan fahrlanamiz!!!!

  2. Jonny

    xa Odil Arsenalga o’tsa, bu o’zbek futboli uchun juda faxrlidir!!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social