Dunyodagi eng ajoyib metro bekatlari

Dunyodagi eng ajoyib metro bekatlari

Poyezdda ketayotib ahamiyat bersangiz, ayrim metro stansiyalari me’morlik san’ati namunasi deb atalishga munosib ekanligini payqaysiz. Quyida dunyodagi eng go‘zal metro bekatlari bilan tanishtiramiz.

“Yuyuan bog‘i”, Shanxay

Shanxayning eng chuqur metro bekati shaharning sayyohlar markazida joylashgan. Ikki yil avval muzey kabi ajoyib bekat to‘liq ta’mirlash va restavratsiyadan o‘tdi va o‘zining zamonaviy qiyofasini oldi. Nyu Yorklik dizayner va me’morlar metro ustida oqib o‘tadigan Xuanpu daryosining ko‘rinishidan ilhomlanib, metro bekatini “suv to‘lqinlari” uslubida loyihalashtirgan.

“City Hall”, Nyu York

1904-yilda ochilgan metro bekati shaharning eng go‘zal maskaniga aylanishi kerak edi. Metro shahar hokimiyatining qoq ostida joylashgan, shuning uchun stansiya dizayniga alohida e’tibor qaratilgan. Platforma o‘sha paytdagi moda — art-deko uslubida bezatilgan. Shoxli qandillar, vitraj va plitkalar — bularning barchasi haligacha Nyu York metrosining ko‘rki sanaladi.

Ammo shahar yildan yilga kengayib bordi, vaqt o‘tishi bilan mazkur platforma yo‘lovchi poyezdlarining yangi standartlariga javob bermay qoldi. Shuning uchun stansiya 1945-yilda yopilgan. Ba’zi filmlar aynan shu bekatda suratga olingan.

“Mayakovskaya”, Moskva

Moskvaliklar uchun “Mayakovskaya” bekati eng sevimli metro bo‘lib, so‘nggi yillarda u eng go‘zal va romantik stansiya nomiga ega bo‘ldi. Garchi u 86 yil avval ochilgan bo‘lsa-da, bugungi kunda ham juda futuristik ko‘rinishini saqlab qolgan.

Avvallari kashf etilmagan xay-tek dizaynini eslatib yuboradigan mazkur bekat o‘z davri uchun noyob bo‘lgan me’moriy loyiha bo‘lgan. Metro ochilishidan avval ham ko‘pchilikning diqqatini tortgan va 1937-yilda stansiya Parijdagi Butunjahon ko‘rgazmasida e’tirof etilgan. Obyekt Nyu-Yorkdagi xalqaro ko‘rgazmada Gran-priga sazovor bo‘lgan.

“Westfriedhof”, Myunxen

Mazkur bekat birgina detal barcha narsani o‘zgartirishi mumkinligiga yaqqol misoldir. “Westfriedhof” 1998-yilda ochilgan odatiy kulrang tusli metro bekati edi. Ammo ikki yil o‘tgach, platformaga qizil, sariq va ko‘k chiroqli 11 ta ulkan lampalar o‘rnatildi. Devorlar esa ko‘k va binafsha rangda yoritildi.

Bekat shu qadar go‘zal va sirli maskanga aylandiki, undan hatto muntazam ravishda reklama agentliklari tomonidan fotosessiyalar uchun foydalaniladi. 2010-yilda stansiyaning ichki qismi Britaniyaning The Haggis Horns guruhiga tegishli yangi albomining muqovasidan joy oldi.

“Toledo”, Neapol

Mazkur metro bekatidagi ajoyib shakllar, puxta o‘ylangan yorug‘lik manbalari va millionlab oq va ko‘k mozaikalar yo‘lovchilarda suvosti dunyosi yoki muz qirolligiga kelib qolgandek hissiyotni beradi. “Toledo” shahar metro bekatlarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha Stazioni dell’arte (“Art Stations”) loyihasi doirasida mashhur dizayner va me’morlar tomonidan yaratilgan.

Yangilangan stansiya 2013-yilda ochildi va tez orada yilning eng yaxshi jamoat binosi uchun nufuzli LEAF arxitektura mukofotini oldi. Hozirda Toledo dunyodagi eng chiroyli metro bekatlari ro‘yxatida yuqori pog‘onalarni egallab bormoqda.

“Solna Centrum”, Stokgolm\

G‘ayrioddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan yana bir metro bekatlaridan biri Stokgolmda joylashgan bo‘lib, yorqin ranglarga bo‘yalgan. Undagi qizil rang botayotgan quyoshni, yashil rang esa o‘rmonni anglatadi.

Bekat 70-yillardagi Shvetsiyaning muhim ijtimoiy muammolari — yomonlashgan ekologiya, o‘rmonlardagi yong‘in kabi voqealarni aks ettiruvchi rasmlar bilan boyitilgan.

“Yongvan”, Pxenyan

Internetda Pxenyan shahri metrosining fotosuratlari yo‘q. Umuman olganda, Shimoliy Koreya haqidagi boshqa ma’lumotlar ham juda kam. Biroq “Yongvan” bekati bundan mustasno bo‘lib, uning turli burchakdan olingan suratlarini ko‘rish mumkin. Metro qurilishida mamlakat rahbariyati o‘ziga xos dizayn uchun mablag‘larni ayamagan.

Bekat ichi juda keng bo‘lib, shohona ustunlar va yarim doira gumbazlardan iborat. Devorlari Pxenyanning sokin peyzaji tasvirlangan rasmlar bilan bezatilgan. Bekatning asosiy diqqatga sazovor joyi qandillardir. Unda Shimoliy Koreyaning milliy guli — begoniya aks etgan.

“Formosa Boulevard”, Gaosyun (Tayvan)

“Formoza bulvardi” nomli bekat 2009-yilda Tayvanda bo‘lib o‘tgan Jahon o‘yinlari boshlanishi arafasida ochilgan. Shishasozlik san’atining eng yirik namoyondasi bo‘lgan bekat “Gumbaz yorug‘ligi” degan ma’noni anglatadi. O‘zining noyob dizayni tufayli stansiya hozirda shaharning diqqatga sazovor maskaniga aylandi.

Diametri 30 metr bo‘lgan ulkan doira shaklidagi stansiya suv, olov, tuproq va havo ramzi bo‘lgan 4000 dan ortiq vitraj panellardan tashkil topgan. 2014-yilda CNN Travel portali mazkur obyektni dunyodagi eng chiroyli metro bekatlari ro‘yxatiga kiritgan.

“Notting Hill Gate”, London

Hatto Britaniya OAV ham London metrolarining interyeri chiroyli emasligini tan oladi. Istisno tariqasida Notting Hill Gate’ni aytish mumkin. Quyoshli kunlarda mamlakatdagi eng qadimiy metro bekati platformalari nurga to‘ladi.

Arxitekturaning ajoyib simmetriyasi va qadimiylik ufurib turgan stansiya150 yildan ortiq vaqtdan beri aholiga xizmat qiladi.

Kommentlar: 17 komment. 17 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Узимизани Космонавтлар бекатига етадигани йу smile

  2. Тимур

    А так жуда чиройли жойла экан

  3. Juda chiroyli heart heart

  4. Wow heart

  5. Bundan ham chiroyliroqlari bor edi, hammasini qo’ymabsizlar

  6. O’zimizning metroni ham chiroyli bekatlari bor, ularni ham qo’ysangiz bo’lardi

  7. Shodiyaxon

    Ajoyib

  8. Qoyilmaqon joylar ekan, lekin bizda ham zo’r bekatlar bor: kosmonovtlar, alisher navoi, chorsu

  9. Dilshoda

    Ajoyib bekatlar ekan smile

  10. Bekatlar juda go’zal qilingan

  11. Chiroyli

  12. Ulug'bek

    good

  13. Bizning bekatlarimizga yetmaydi

  14. Umidbek

    heart heart heart heart

  15. Nice

  16. zo’r good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social