Dunyoning eng boy 10 aktyori: Gollivud yulduzlari qancha gonorar oladilar?

Dunyoning eng boy 10 aktyori: Gollivud yulduzlari qancha gonorar oladilar?

Eng boy aktyorlar yiliga millionlab dollar ishlab olishadi. 2023-yilda kim eng ko‘p daromad olgan? Gollivuddagi eng ko‘p maosh oladigan va eng boy aktyorlar ro‘yxatini keltiramiz.

10-o‘rin: Denzel Vashington

O‘ninchi o‘rinni ro‘yxatdagi yagona qora tanli va eng keksa aktyor Denzel Vashington egalladi. Ikkita “Oskar” va uchta “Oltin globus”ni o‘z ichiga olgan 87 ta mukofot sohibi 2023-yilda 24 million dollar ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi.

“Filadelfiya” dramasi yulduzi 2023-yilda o‘zi prodyuserlik qilgan “Adolat tarafdori 3” filmida rol o‘ynagan. Byudjeti 70 million dollar bo‘lgan serialning uchinchi filmi 191 million dollardan ko‘proq daromad keltirdi.

9-o‘rin: Ben Afflek

Ben Afflek, aktyor va rejissyor, Mett Deymonning qadrdon do‘sti, Jennifer Lopesning turmush o‘rtog‘i va “Yo‘qolgan ayol” trilleri yulduzi 2023-yilda 38 million dollar ishlab topdi va ro‘yxatda to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

Aktyor ikkita “Oskar”, bir BAFTA va “Oltin globus” mukofotlariga sazovor bo‘lgan. “Air: ​​katta sakrash” filmi prodyuseri sifatida ishtirok etib, undagi asosiy rollardan birini o‘ynab, katta moliyaviy natijalarga erishdi. Unga “Gipnoz ostida” trilleri, “Flesh” superqahramonlik filmi va “Mayda-chuydalar” dramasidagi rollari qo‘shimcha daromad keltirdi.

8-o‘rin: Jeyson Steytem

Jeyson Steytem ushbu ro‘yxatdagi yagona britaniyalik aktyordir. 2023-yilda 56 yoshli aktyorning daromadi 41 million dollarni tashkil etdi. Asosiy summa uning “Forsaj 10”, “Chegarasizlar 4”, “Fortuna operatsiyasi” va “Meg 2: tubsizlik” filmlaridagi rollaridan tushgan.

7-o‘rin: Leonardo Di Kaprio

Leonardo Di Kaprio mazkur reytingda yettinchi o‘rinni egalladi. “Oskar” va BAFTA sovrindori, uchta “Oltin globus” va 100 dan ortiq boshqa mukofotlar sohibi, “Titanik” qahramoni (1997) timsolida millionlab tomoshabinlarning sevimlisiga aylangan Jek Douson 2023-yilda 41 million dollar ishlab topdi.

49 yoshli aktyor asosiy daromadini bosh rolni o‘ynagan va ijrochi prodyuser bo‘lgan “Gulli oy qotillari” filmidan olgan. Shuningdek, 2023-yilda Di Kaprio “Ozzi: changalzor chorlovi” animatsion filmi va “Biz qo‘riqchilarmiz” hujjatli filmini suratga oldi.

6-o‘rin: Jennifer Eniston

“Do‘stlar” seriali yulduzi (1994–2004) 42 million dollar daromad bilan oltinchi o‘rinni egalladi. 2003-yilda Jennifer Eniston birinchi marta Forbes ro‘yxatiga kiritilib, 35 million dollar daromad bilan Gollivuddagi eng ko‘p maosh oluvchi aktrisa sifatida tan olingan. O‘shandan buyon u bir necha bor eng ko‘p gonorar oluvchi aktyorlar o‘nligiga kirdi.

Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega aktrisa, “Oltin globus” va “Emmi” mukofoti sovrindori Jennifer Eniston Netflix kompaniyasining “Parijdagi qotillik” filmi va 2025-yilda namoyish etilishi rejalashtirilgan “Tonggi shou” seriali tufayli shunday moliyaviy natijalarga erishdi.

5-o‘rin: Mett Deymon

Gollivuddagi eng ko‘p maosh oluvchi aktyorlar beshligiga 43 million dollar daromad bilan 53 yoshli Mett Deymon kirdi. Oskar sovrindori, ikkita “Oltin globus” g‘olibi va BAFTA mukofotiga nomzod, “Oppengeymer”da Lesli Groves va “Air: ​​katta sakrash” biografik filmida Sonni Vakkaro rolini o‘ynagan holda 2023-yilni muvaffaqiyatli yakunladi. 

Birinchi film Mett Deymonga 4 million dollar olib keldi, bu uning odatdagi narxidan ancha past. “Air: katta sakrash” filmi Deymon karyerasidagi eng yirik filmga aylandi va gonorari 30 million dollarni tashkil etdi.

4-o‘rin: Rayan Gosling

Gonorari bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda 43 yoshli Rayan Gosling. Uch karra “Oskar” va ikki karra BAFTA nomzodi, “La La Lend” (2016) filmi uchun “Oltin globus” sohibi 2023-yilda jami 43 million dollar olgan.

Mablag‘ning asosiy qismi 1,44 milliard dollar yig‘gan “Barbi” filmidan tushgan, Rayan Gosling ancha vaqtgacha Greta Gervigning mazkur filmida rol o‘ynashdan bosh tortgan, ammo oxir-oqibat undagi asosiy rollardan birini o‘ynagan va filmdagi qo‘shiqni mahorat bilan ijro etgan. Mark Ronson va Endryu Uayttning “I’m Just Ken” qo‘shig‘i Spotify’da hitga aylandi.

3-o‘rin: Tom Kruz

Tom Kruz eng ko‘p maosh oluvchi Gollivud yulduzlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egalladi. To‘rt karra “Oskar”ga nomzod, uchta “Oltin globus” sovrindori va Kann kinofestivalining faxriy “Palma novdasi” sohibi 45 million dollar ishlab topgan.

62 yoshli aktyor uchun pulning asosiy qismi “Uddalab bo‘lmas topshiriq 7” filmidan tushgan. Byudjeti 291 million dollar bo‘lgan film Kruz karyerasidagi va Paramount kompaniyasi tarixidagi eng qimmat kartinaga aylandi. Kruz filmografiyasidagi eng ko‘p daromad keltirgan va 2022-yilda ikkinchi o‘rinni egallagan “Top Gan: Maverik” (2022) filmi ham aktyorga 2023-yilda yaxshigina daromad olib kelgan.

2-o‘rin: Margo Robbi

Margo Robbi ro‘yxatga kiritilgan ikki aktrisadan biri, shu bilan birga eng yosh ishtirokchi ham. Aktrisa eng ko‘p gonorar oladigan Gollivud yulduzlari beshligida ikkinchi o‘rinni egalladi. To‘rt marta “Oltin globus”ga, olti marta BAFTA mukofotiga loyiq ko‘rilgan, “Oskar”ga uch karra nomzod bo‘lgan aktrisaning umumiy daromadi 58 million dollarni tashkil qildi.

Margo Robbining barcha davrlarning eng yuqori daromad keltirgan filmlaridan biri — Barbi”, “Asteroidlar shahri” va “Soltburn” filmiga prodyuserlik qilishdan olgan daromadiga asoslangan. Ikkinchi film aktrisa va uning turmush o‘rtog‘i Tom Akerliga tegishli bo‘lgan LuckyChap kompaniyasi tomonidan suratga olingan.

1-o‘rin: Adam Sendler

Forbes jurnaliga ko‘ra, “Oltin globus” va “Emmi” mukofotiga nomzod Adam Sendler Gollivuddagi eng ko‘p maosh oluvchi aktyorga aylandi. Uning asosiy daromad manbayi Netflix bo‘ldi. Aktyor kompaniya bilan 250 million dollarlik shartnoma imzolagan.

Aktyorning asosiy daromadi “Parijdagi qotillik” detektivi, “Xayolingga ham keltirma” dramatik filmi, “Leo” multfilmi prodyuserligi va dublyajidan tushgan. 

Sendler 2002-yilda ham ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallagandi, o‘shanda u “Zo‘raki millioner”, “Muhabbat dardi” filmidagi bosh rollari uchun 47 million dollar ishlab topgandi.

Kommentlar: 25 komment. 25 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Адам Сендлер? вот эта новость!

  2. Тимур

    Марго Робби 1 уриндамаслигига хайронман smile

  3. Shu boshqalarni pulini sanashi yaxshi koramizde laugh

  4. Di Caprio hammasidan boy baribir

  5. Psiholog qiz

    Kayf eto:
    Bowqalani pulini sanash rofl

  6. Ozimizzi pulimiz kamro buganda rofl rofl

  7. Baxtiyor

    good boylaga mazzade

  8. Jekman yo’qmi?

  9. Sirojiddin

    Barakalla!

  10. Psiholog qiz

    Yoģe bzada pul kam bumedi..
    Kam bo’gandayam yoqdan kora bor ku laugh

  11. rofl rofl rofl rofl rofl rofl tori etas rofl

  12. Seni puling meni pulim meni pulim bu meni pulim rofl a vot eto kayf laugh

  13. Eng yaxshi munosabatlar shundan boshlanadi rofl

  14. Pul pul pul…

  15. Juda qiziq ma’lumotlar good

  16. Shaxloxon

    Margo ikkiqat heart

  17. Yaxshi ekan

  18. Jamshid

    good

  19. Ajoyib

  20. Yaxshi search

  21. Hayrullo

    Yana boshqalarni pulini muhokama qilyapmizmi?

  22. Give me money

  23. Abdulaziz

    kop pul topishar ekan sad

  24. Abdulaziz

    @abdulhamiidov_

  25. Nima bu?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social