Angliyalik ikki injener 1,5 km balandlikgacha parvoz qila oladigan velosiped ixtiro etishdi. Yannik Rid va Djon Fodenning ta`kidlashicha, “XploreAir X1” velosipedi shaxsiy transport sohasida keskin o`zgarishlarga turtki bo`lishi mumkin. Sababi bu velosipedga turli xildagi trbandlilar to`siq bo`laolmaydi, qolaversa ko`tarilish va qo`nishi uchun maxsus yo`lakchalar ham shart emas. Ushbu velosiped havoga ko`tarilgach 40 km/s tezlik bilan 3 soat davomida ucha oladi. “Uchuvchi velosiped” bio-yoqilg`ida ishlaydi, hamda kuchli havo parragi va parashyut bilan jihozlangan. Ixtirochilar hattoki uzoq sayohat va tabiat qo`ynida tunab qolish uchun maxsus palatka ham o`ylab topishgan.
Ushbu yangi qurilmaning o`lchami oddiy velosipeddan uncha ktta bo`lmay, uni uyga yoki ofisga olib kirish mumkin.
Djon Fodenning ta`kidlashicha, ushbu yangi velosiped Rayt yaratgan uchuvchi velosipedga o`xshaydi. Ammo Rayt yaratgan uchuvchi velosiped katta qanotlari bilan yangi modeldan farq qiladi.
100% garantiya – bu xavfli
man ham qo’wilaman ayniqsa bizzi ko’4alarda
Endi uchmagan velisoped qoluvdi. Yaqinda Abdullajon kinosidagidek ketmonda uchamizmi deyman?!
Xa kelajakda hamma narsa uchaman deydi, kere bo’sa odamla ketmonni ham uchurvorishadi![smile](https://fazo.tv/wp-content/plugins/kama-wp-smile/packs/qip/smile.gif)
Eyiii videoda MATIZ moshinasi o’tib ketdimi))))