Eng konservativ va yashirin jamiyat – Masonlar haqida 24 ta qiziqarli faktlar

Eng konservativ va yashirin jamiyat – Masonlar haqida 24 ta qiziqarli faktlar

Masonlar bilan bog’liq ko’pgina afsonalar tarqalgan – “global jidomasonlik fitna” dan boshlab, marosimli qotillik haqida qalbni qonga beluvchi dahshatli hikoyalargacha.

Masonlar – sirlarga boy jamiyat.

1. Besh millionga yaqin masonlar

AQSh da ikki milliondan ortiq masonlar bor. Masonlik butun dunyo bo’yicha turli shakllarda mavjud. Hammasi bo’lib dunyoda besh millionga yaqin masonlar mavjud (shu jumladan, Buyuk Britaniyada 480 mingga yaqin va AQSH da ikki milliondan ortiq).

2. Masonlar – sirlimi yoki sirli emasmi?

Keng tarqalgan fikrlardan o’laroq, masonlar jamiyati sirli jamiyat hisoblanmaydi. Mason odamlarga mason ekanligi haqida bemalol aytishi mumkin. Biroq, ularga o’z ordeni sirini oshkor qilish mumkin emas.

3. 1717 yilning 24 iyuni

Masonlik hodisa sifatida 1717 yilning 24 iyunida– Buyuk London Lojasiga ga asos solingan kunda paydo bo’lgan.

4. Axloq, do’stlik, qardosh sevgi

Masonlar ramzida tasvirlangan ish qurollari orden vakillarining axloq, do’stlik va birodarlik sevgisini bildiradi.

5. Ramzning kelib chiqishi

Ko’pchilik masonlar o’qishni bilmaganlar. Aytilishicha, masonlar o’z ramzlarinidan birodarlikning maxfiyligi uchun foydalanishadi. Lekin aslida, masonlikda ramzlardan foydalanishning sababi – jamiyatning ayni shakllanishi davrida uning ko’pgina vakillari o’qishni bilmaganlar.

6. Kvadrat va kompas

Eng keng tarqalgan masonlik ramzi. Eng eski masonlik ramzi – kvadrat va kompas. Shuningdek, u eng keng tarqalgan masonlik ramzi hisoblanadi, ammo uning aniq ma’nosi turli mamlakatlarda turlichadir.

7. Masonlar Lojasi – odamlar jamoati

Umumiy qabul qilingan marosimlar mavjud emas. Masonlar Lojasi – bu odamlar jamoati, shunchalik bino nomi emas. Har bir loja “Buyuk Loja” dan sertifikat olishi kerak bo’ladi, lekin bundan so’ng ular asosan o’zini-o’zi boshqaraveradi. Shuningdek, majlislarni olib boorish uchun muayyan marosimlar mavjud emas, ular har bir lojada o’ziga xosdir.

8. Ateist? Demak, mason emas

Biror-bir buyuk kuch borligiga ishonmoq. Ateist mason bo’la olmaydi. Birinchi talab shu-ki, jamiyatning salohiyatli a’zolari qanday bo’lmasin buyuk kuch borligiga ishonishlari lozim.

9. Masonlikning ikkita tarmog’i

Angliya Lojasi va Fransiyaning sharqiy qismi. Masonlikning ikkita tarmog’i bor: “Birlashgan Buyuk Angliya Lojasi” ga bo’ysunadigan muntazam tarmoq va “Fransiyaning Buyuk Sharqi” ga bo’ysunuvchi liberal tarmoq.

10. Sirli belgilar

Masonlik timsolli uzuk. Masonlik odatda bir-birlarini turlicha sirli belgilar yordamida qutlashadi, shu bilan birga, masonlar timsoli bor uzuklar, turli xildagi ko’krak nishonlari taqishadi, va hatto ba’zida shunday atalmish “Masonlik qo’l siqish” bilan ham almashadilar.

11. Andres Breyvik

Norvegiyada 2011 yilda bir qator qotilliklarni amalga oshirgan Andres Breyvik ham masonlar oilasidan edi.

12. Yolg’on guvohlik berishga buyruq berildi

Masonlar agar sudlanuvchi aybdor bo’lsayu, ammo uning orden bo’yicha qardoshi bo’lsa, ular sudda rostgo’y guvohlik bera olmaydi. Ular bu rostgo’y guvohlik emasligini tan olishadi, biroq birodarlikda o’z oila a’zosini himoya qilmaslik katta gunoh hisoblanadi.

13. Masonlarda yagona rahbar yo’q

Umumiy masonlik yuzidan gapirish faqatgina Buyuk Lojaga ruxsat etilgan. Masonlar – bu mahalliy Buyuk Lojaga bo’ysunuvchi, ko’pgina tashkilotlarga a’zo bo’lgan ko’pgina insonlar. Birodarlikning na birorta a’zosi, na birorta tashkilot butun masonlik yuzidan gapira olmaydi – bu faqatgina Buyuk Lojaga ruxsat berilgan.

14. Ozodlik haykali

Olamga mashhur Ozodlik haykalini yaratgan Frederik Bartoldi ham mason bo’lgan.

15. Qo’l siqishlar va parollar

Hozirgi kunda masonlik bilan bog’liq bo’lgan sirli qo’l siqishlar va parollar, avvallari masonlar bir-birlarini tanib olishlari uchun ular tomonidan qo’llanilgan. Bu jamiyat sirining saqlanishi uchun juda muhim rolni egallagan.

16. Oy modulining uchuvchisi

Astronavt Bazz Oldrin Texasdagi Klir Leyk № 1417 lodjiyaning a’zosi edi. Shuningdek u “Apollon 11” missiyasida oy modulining uchuvchisi ham edi.

17. Yekaterina Babington

Yekaterina Babington masonlik sirlaridan xabardor bo’lishni shunchalik xohlardiki, Kentukkidagi lojada bo’lib o’tadigan uchrashuvlar davomida kafedra ichida yashirinib o’tirib kuzatgan va bu hol bir yil davom etgan. Uni topganlaridan keyin bir oy asirlikda saqlaganlar.

18. Eng taniqli masonlar

Charlz Darvin, Mark Tven, Uinston Cherchill, Dj. Edgar Guver, Benjamin Franklin hamda AQSH ning birinchi prezidenti va asoschisi Djordj Vashington – hammalari masonlardan bo’lishgan.

19. Illyuminatlar va frankomasonlar

Fitnachilik nazariyasi tarafdorlari frankmasonlarni illyuminatlar bilan bog’lashadi. Shunga qaramasdan, bu dargumon eshitiladi, chunki illyuminatlar – butunlay sirli jamiyat (shu darajada sirliki, ko’pchilik odamlar bugunda bu jamiyat umuman yo’q deb bilishadi), shu vaqtni o’zida masonlar, ushbu jamiyat a’zolari ekanliklarini ochiqchasiga aytishlari mumkin.

20. Millatchilar masonlarni yo’q qilishgan

Gitler, masonlar yahudiylar tashkiloti deb o’ylardi, shuning uchun natsist rejimida u tomonidan 80 000 dan 200 000 gacha masonlar o’ldirilgan.

21. AQSH dagi jinsiy tengsizlik

Masonlikning amerikali ko’rinishida tashkilotga kirish ayollar uchun ta’qiqlangan, shu vaqtning o’zida Yevropada ayollarni u yerga qabul qilishgan.

22. Quyoshga ibodat

Quyoshga ibodat qilish, boshqa sirli jamiyatlardagi kabi, masonlikning asosi hisoblanadi.

23. Chikagodagi masonlik ibodatxonasi

1892 yilda qurilgan Illinois shtati, Chikagodagi masonlar ibodatxonasi, o’sha zamonda dunyodagi eng baland bino hisoblangan. Unda 22 ta qavat mavjud bo’lgan.

24. Masonlar urushda

Amerika furqarolar urushi paytida bir-birida masonlarni tanigan dushmanlik armiyalari askarlari bir-birlariga yordam berishardi va hayotlarini qutqarishardi. Hatto urush vaqtida ham masonlarning birodarlikka sadoqatlari hech qayerga yo’qolmagan.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Butun dunyoni wula bowqaradi. hamma b6votgan narsala wula dib. odamla k6payib ketdi wunga koronavirus 4iqazgan ham wula. Bill Geyts ulani bittasi. u q6li bilan wuni qigan

  2. No name

    Hamma mashhurlar Mason bo’lsa oylanib qolasan ekan

  3. Masalan kim?

  4. Asadbek

    Masonlar õzbekistonda xam bormi

  5. Asadbek

    Ular dunyoni qay tarzda boshqarishadi

  6. Нозим

    Ула дунени бошкаришмайди, бу теория факат, одамла уйлаб топган

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social