Endilikda Londonda qad rostlagan Shard osmono`par binosining eng yuqori qavatlariga chiqishning imkoni bo`ladi. Balandligi 310 metr keladigan ushbu ko`p qavvatli bino Temzaning janubiy sohilidagi London-bridj tumanida joylashgan bo`lib, yuzasi 11 ming oynavand panellardan iboratdir. 87 qavatli piramida shaklidagi minorada ofislar, xonadonlar va mehmonxonalarning joylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur inshoat yangi shahar kvartalining va London Bridge Quarter transport uzelining markaziga aylanadi.
Binoning yuqori qismidagi bir nechta qavatlar galereyalar va tomosha maydonlari uchun ajratiladi. Lekin Londonning eng yuqori nuqtasiga sayohat qilish unchalik arzon emas: kattalar uchun chipta narxi 24,95 funt, bolalar uchun —18,95 funt etib belgilangan.
Bir daqiqada 68 – qavatga olib chiqadigan liftlardan ko`tarilib borar ekansiz, butun shahar kaftdek namoyon bo`ladi. 69-qavatda yopiq hamda 72-qavatda esa — ochiq tomosha maydonlari mavjud. Agar havo ochiq bo`lsa, 64 kilometr diametrdagi manzarani tomosha qilish mumkin bo`ladi. Shuningdek binoda Londondagi eng katta do`kon joylashadi, unda Shard bilan bog`liq suvenir mahsulotlari sotiladi.
“Biz birinchi yili millionga yaqin mehmonlarni kutmoqdamiz, ularning 60% britaniyaliklar, 40% chet elliklar fuqorolar bo`ladi. Biz ularga unutilmas taasurotlarni va`da beramiz, agar siz kelgan paytda yuqorida ko`rinish tiniq bo`lmasa, yana bir bor bepul tashrif buyurish imkoniyatini beramiz”, — deydi Shard loyiha boshqaruvchisi Endi Nayberg.
Shard binosining qurilish ishlari o`tgan yilning yoz oyida nihoyasiga etkazilgan. Uch yil davom etgan qurilish ishlariga kamida 450 million funtsterling sarflangan. Ushbu binoni barpo etish ko`plab bahs va munozaralarga ham sabab bo`ldi. Italiyalik me`mor Rantso Piano loyihasi asosida bunyod etilgan bino, Londonning avvalgi rekordchisi — One Canada Square minorasidan uch hissa baland bo`lib, u shahar ko`rinishiga katta o`zgarish kiritdi.
Shard binosi shaharning istalgan joyidan ko`rinadi, bu esa Britaniya poytaxti tarixiy me`rosini saqlash bilan shug`ullanadigan fuqaro va tashkilotlarni tashvishlantirmoqda.
Ammo loyiha mualliflari shahar xukumatini ushbu bino poytaxtga ko`pgina ijobiy natijalar olib kelishiga ishontira olishdi. Endilikda uchi qirrali Shard binosi, Elizavetta (Big-Ben) minorasi, Pavel ibodat xonasi, London Eye aylanasi va Norman Fosterning Gherkin minolari singari Londonning eng taniqli inshootlari qatoridan joy oldi.
310 metr Shard inshoati foydalanishga topshirilganidan keyin bir necha oy davomida Evropaning eng baland imoratiga aylanadi, sababi 2013 yilning oxiriga borib, bu birinchilikni Rossiyaning Moskva-sitisida joylashadigan 339-metrli osmono`par “Merkuriy Siti Tauer” binosi o`ziniki qilib olishi mumkin.
Қойил ажойи санат деса хам бўлади. Меъмор Ранцо Пиано га тасанно….
zor ku, rasmlar voobshem chetkiy olingan )
дахшат, Лондон хакикатдан Европанинг марказий шахарларидан бири деса булади, буни олимпиада вактидаям курсатишганди, гарб давлатлари барибир хар бир сохада биздан кура анча олдиндалар, молодцы
Londonda 310 meetrli bino, Rossiyada 339 merli keyin qattadir yana balandroq quriladi. Qarabsizki 2015 yilgacha 500 metrli bino ham qurilib qolsa bejiz emas……