Facebook ijtimoiy tarmog`i mashhurliklar va yulduzlar uchun Facebook Mentions xizmatini ishga tushirdi. Bu ularga o`z muhlislari bilan munosabat qilishga va o`zlarining yozuvlarini kuzatish uchun yordam beradi.
«800 millionga yaqin qishilar Facebook da mashhurlarning yangiliklariga imzolanganlar (a`zo bo`lganlar) va sportsmenlar, qo`shiqchilar, aktyorlar va boshqa mashhur insonlar bilan muloqot qilish ushbu xizmatning muhim qismi hisoblanadi» – deb Facebook da aytib o`tilgan.
Facebook Mentions ilova iPhone lar uchun aynan katta auditoriya bilan suhbat qiladigan va o`zi haqidagi yangiliklarni tarqatishga e`tibor beradigan ijtimoiy insonlar uchun mo`ljallagandir.
Facebook Mentions foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlarda o`z ismini ishlatgan boshqa ishtirokchilarning postlarini kuzatsa bo`ladi va suhbatda ham ishtirok etishi mumkin. Hamda yangi postni, foto yoki video qo`yishi ham mumkin, bundan tashqari ularning suhbat va publikatsiyalarini kuzatishi mumkin.
Bugungi kunda mazkur xizmat faqatgina AQSh dagi foydalanuvchilarga ochiq. Biroq Facebook yaqin oylarda ko`plab boshqa mamlakatlarda ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
твиттерни копя килишибди, койил колмадим лекин
endi shuncha qalbaki yulduzlar chikishlari mumkin