16 yil olib borilgan tadqiqot natijasi qahfaning inson umri uchun foydali ekanini aniqladi

16 yil olib borilgan tadqiqot natijasi qahfaning inson umri uchun foydali ekanini aniqladi

Amerikalik olimlar har kuni ertalab iste’mol qilingan qahfa o’limga olib keluvchi har qanday riskning oldini olishini isbotlashdi. Bunday xulosaga kelishlari uchun olimlar 16-yil maboynida 190 ming ko’ngillilarni kuzatib borishgan. Ushbu tadqiqot natijasini Annals of Internal Medicine jurnali chop qilgan.

Olimlar tadqiqotida ishtirok etishgan ko’ngillilar yoshi tadqiqotning boshlanish davrida 45 dan 75 yoshni tashkil qilgan. Olimlar ko’ngillilarni bir nechta guruhlarga ajratib olishgan. Tadqiqot olib borish davri 16 yilni tashkil etgan.

Tadqiqot yakuniga kelib ko’ngillilardan 60 tasi olamdan ko’z yumishgan. Shulardan 36% yurak qon tomiri kasalligidan, 31% esa saraton kasalligi sabab olamdan ko’z yumishgan.

Tadqiqot natijalariga aniqlik kiritilganidan keyin (ko’ngillilarning jinsi, yoshi, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishi, hamda jismoniy aktivligini inobatga olingan) aniqlandiki, har kuni ertalab iste’mol qilingan qahfa o’limga sabab bo’luvchi har qanday riskni 12% ga kamaytirar ekan.

Bu natija qahfada kofeyin miqdori, yoki uning qahfa tarkibida mavjudligiga hech qanday bog’liq emas. Sababi, qahfa tarkibida saraton kasalini profilaktika qiluvchi kofeyindan tashqari juda ko’p miqdorda antioksidant va fenol birikmalari mavjud ekan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social