Farzand tarbiyasida nazorat va erkinlik muvozanati

Farzand tarbiyasida nazorat va erkinlik muvozanati

Har bir ota-ona farzandining aqlli, o‘ziga ishongan va mustaqil ulg‘ayishini istaydi. Mustaqillik bola hayotidagi eng muhim qadamlardan biri bo‘lib, uning kelajakda qanday shaxsga aylanishiga bevosita ta’sir qiladi. O‘z fikrini ayta oladigan, qaror qabul qilishga odatlangan bola nafaqat oilada, balki maktab va jamiyatda ham o‘z o‘rnini topishda qiynalmaydi. Aksincha, hamma narsani ota-onasiga bog‘lab o‘sgan farzand mustaqil hayotga kirishishda ko‘proq qiyinchiliklarga duch keladi. Shuning uchun ham mustaqillikni erta shakllantirish, kichik tanlovlardan boshlab asta-sekin mas’uliyatli qarorlarga yo‘naltirish tarbiyaning ajralmas qismi sanaladi.

Odatda uch yoshdan boshlab bola atrof-muhitni o‘zi o‘rganishga qiziqib boshlaydi. Masalan, qaysi kiyimni kiyish yoki qanday o‘yinchoqni tanlash haqida qaror qabul qilish unga qiziq tuyuladi. Ilmiy izlanishlar shuni tasdiqlaydiki, kichik tanlov imkoniyati berilgan bolalar o‘z qarorlarining oqibatini tushunishni tezroq o‘rganadi. Bu esa kelajakda mas’uliyat hissini kuchaytiradi. Montessori pedagogikasi ham shu tamoyilni qo‘llab-quvvatlaydi: bola kattalar hayotiga asta-sekin, kichik qadamlar orqali jalb etilishi lozim.

Bolaning xato qilishga ruxsat berilishi ham mustaqil bo‘lishning bir qismi hisoblanadi. Masalan, tugmani noto‘g‘ri taqib qo‘ygan bola keyingi safar to‘g‘risini topishga urinadi. Psixologlar bu jarayonni tabiiy o‘rganish usuli sifatida ko‘rishadi. Haddan tashqari nazorat va hamma narsani ota-onalarning o‘zi bajarib qo‘yishi esa bolaning o‘ziga ishonchini pasaytiradi. Ortiqcha nazorat qilingan bola mustaqil emas, balki o‘z kuchiga shubha qiladigan shaxsga aylanadi.

Boshlang‘ich maktab davriga kelganda esa mustaqillik masalasi yanada murakkablashadi. Bola endi nafaqat oilada, balki sinfdoshlar va do‘stlar orasida ham o‘z o‘rnini topishga harakat qiladi. Shu paytda unga kichik mas’uliyatli topshiriqlar berish foydali bo‘ladi. Masalan, uy hayvoniga qarash yoki kitob o‘qib, qisqacha gapirib berish bolaning o‘zini oilada muhim his etishiga yordam beradi. Ota-onalar ko‘pincha bolani tashqi dunyodan himoya qilish istagida uni ijtimoiy vaziyatlarga qo‘shmaydi. Aslida esa oddiy topshiriqlar bolaga muloqot qilishni, mustaqil qaror qabul qilishni o‘rgatadi. Bola do‘kondan non sotib olish, qo‘shniga yordam berish kabi kichik yumushlarni qilishi mumkin. Bu tajribalar bolaning o‘ziga ishonchini oshiradi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga yordam beradi.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. To'maris

    Juda qiyin masala shu, bolani hozirgi vaqtda katta qilish osonmas

  2. To'maris

    Psixologla bitta narsa diyishadi, ota onam boshqa narsa, yurak yana boshqa narsa

  3. To'maris

    Rosa kop oylab, oxiri bitta qarorga keldim

  4. To'maris

    Bolam baxtli va sog bolib osishi, eng muhimi manga

  5. To'maris

    Qogan narsalar asta sekin vaqti keganda organiladi

  6. To'maris

    Bolalarilani sevila, ular siz dunyoga keltirdiz, siz ularga javobgarsiz

  7. Farangiz

    Raxmat fazotv kiss

  8. Dilshod

    Bolalarni urmaslik kerak, qorquvda osgan bola, hech qachon baxtli bolomidi

  9. Doniyor

    Bola nima desa qilurish kerak emas, u hayotni bilmaydi, unga hammasini qattiq qol bilan orgatish kerak

  10. Ajoyib, hammasi togri yozilgan

  11. Gulnoza

    Bola tarbiyasi men uchun juda qorqinchli sad

  12. Шахло

    Спасибо

  13. Hammasi togri yozilgan bu maqolada

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social