Ferrari zavodi o‘pkani sun’iy shamollatish uskunalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqara boshladi

Ferrari zavodi o‘pkani sun’iy shamollatish uskunalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqara boshladi

Maranellodagi Ferrari zavodi o‘pkani sun’iy shamollatish uskunalari uchun klapan va mahkamlagichlar ishlab chiqarmoqda.

Italiyaning sport avtomobillari ishlab chiqaruvchi Ferrari kompaniyasi koronavirusga qarshi kurashga qo‘shildi. Maranellodagi Ferrari zavodi o‘pkani sun’iy shamollatish uskunalari uchun klapan va mahkamlagichlar ishlab chiqarmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Tayyor uskunalar favqulodda vaziyatlarning oldini olish idorasiga jo‘natiladi, bu yerda esa kasalxonalarga taqsimlanadi.

Italiyada koronavirus ilk bor yanvarda aniqlangandi. Mamlakat hukumati Yevropada birinchilardan bo‘lib karantin choralarini joriy etgandi.

O‘tgan haftalarda Italiya koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatning 172 mingdan ortiq fuqarosida kasallik aniqlangan bo‘lib, 23 ming kishi vafot etdi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Rustam

    Shunday zo’r mashinalar chiqazishadi, endi esa odamlar yordam qilishyapti, barakalla Ferrari!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social