G’alati dunyo: sigir 1722 ta olmosni yutib yubordi

G’alati dunyo: sigir 1722 ta olmosni yutib yubordi

G’arbiy Hindistonda (Limbuda, Gujarat shtati) sigir olmoslari bor bir kichik sumkani yutib yubordi. Qimmatbaxo toshlar bilan shug’ullanuvchi savdogar uch kun o’z toshlarini olish uchun sigir go’ngini qazishga majbur bo’ldi.

Hozircha Dilubhay Rajput 1722 toshlardan 310 ni “kovlab oldi”, toshlarning narxi 492 funt sterlingni tashkil etadi. Bu ishda uning o’zi aybdor, chunki u “bir necha daqiqaga” toshlari bor sumkani somon yonida qoldiradi va sigir esa uni darhol yeb qo’ydi.

Tadbirkor va uning xodimlari sigirni o’tlar, don va turli mevalar bilan to’ydirishga harakat qilishdi va keyin veterinarni ham chaqirishdi. Olmoslarni olish uchun nimalar qilmaydi bu tinchimagan odamlar!

Hindustan Times gazetasi xabarlariga ko’ra, Rajput ushbu voqeaga quyidagicha javob berdi: “Men uch kun mobaynida toshlarimni olmoqchi edim, ammo sigirni o’ldirish hayvon sevuvchilar orasida katta norozichilikga olib kelar edi, shuning uchun men muammoni insoniy tarzda hal qilishga harakat qilyapman. O’ylaymanki bir hafta ichida men sigirdan barcha olmoslarni olishga muvaffaq bo’laman.”

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social