Germaniyalik juftlik uyida 555 ta Yangi yil archasini bezab, rekord o‘rnatdi

Germaniyalik juftlik uyida 555 ta Yangi yil archasini bezab, rekord o‘rnatdi

Germaniya shimolidagi Rinteln shahrida yashovchi er-xotin uyida har xil shakl va rangdagi 555 ta Yangi yil archalarini o‘rnatdi. Germaniya rekordlar instituti bu — bir turar joy hududida o‘rnatilgan eng ko‘p archa ekanligini taʼkidladi.

57 yoshli erkak archa yig‘ishni 12 yil avval boshlagan. Asta-sekin bu ishga uning xotini ham qiziqib qolgan. Ular o‘zlarining sevimli mashg‘ulotini qishki bayramlarga bo‘lgan muhabbati bilan izohladi.

Ularning 180 kvadrat metrli uyi xuddi Yangi yil buyumlarini sotadigan do‘konni eslatadi. Bu katta kolleksiyasini bezatish uchun ularga 108 mingta shar va 48 mingta chiroqlar kerak bo‘lgan.

Yangi yil archasi hamma xonalarga o‘rnatilib, birgina mehmonxonaning o‘zida 89 ta archa bezatilgani aytiladi. Hatto hammomga ham o‘rnatilgan.

Ayni paytda bu go‘zallikni ko‘rish uchun Germaniyaning turli burchaklaridan va hatto qo‘shni mamlakatlardan mehmonlar kelmoqda. Bu juftlikning ikkinchi shunday yutug‘i hisoblanadi. Bundan bir necha yil oldin er-xotin 444 ta bayram daraxtini o‘rnatgan va rekord sifatida qayd etilgan edi.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Молодцы

  2. Zo’r qiliwibti good

  3. Yurishlariga joy qoganmikan?

  4. Uxlashga joy qolgan bo’lsa bo’ldi rofl

  5. Dilnoza

    Zo’r qilishibti

  6. Klass good

  7. Jinniromi bula?

  8. Nimaga unaqa dis?

  9. Nima beradi rekord ularga?

  10. Mashxurlik

  11. Dildora

    Pul ham berishadi menimcha

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social