2014 yil boshidan GM Uzbekistan kompaniyasi Chevrolet Orlando minivenini ishlab chiqaradi. Evropa bozoriga Chevrolet Orlando uch xil komplektatsiyada (Base, LS va LT) chiqarilgan, biroq o`zbekistonlik xaridorlarga ushbu variantlardan qaysi biri taklif etilishi hozircha ma`lum emas.
Ushbu Chevrolet Orlando minivenlar etti kishiga mo`ljallangan bo`lib, haydovchi va old o`rindiqda o`tirgan yo`lovchiga mo`ljallangan xavfsizlik yostiqchalari, eniga va bo`yicha moslashtirsa bo`ladigan rul`, old o`rindiqlarni to`rt yo`nalish bo`yicha harakatlantirish, yomg`ir datchigi, iqlim va kruiz nazoratlardan iborat.
Takidlash joiz, GM Uzbekistan yangi modeldagi”Chevrolet Orlando” miniven avtomobilni ishlab chiqarishi mumkinligi haqida xabarlar 2013 noyabrida paydo bo`lgandi. Chevrolet Orlando” avtomobili “General Motors” kompaniyasi tomonidan birqator mamlakatlarda sotiladigan yirik avtomobil` hisoblanadi. Ushbu yangi mashina hozirda ko`pchilikning qiziqishiga sabab bo`lmoqda.