“GM Uzbekistan” CAPTIVA ishlab chiqarishni to’xtatmoqda

“GM Uzbekistan” CAPTIVA ishlab chiqarishni to’xtatmoqda

«General Motors» kompaniyasining modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyasiga muvofiq, «Chevrolet Captiva» avtomobilini «GM Uzbekistan» AJ ishlab chiqarish quvvatlarida yig’ish yakunlanishini ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo’yicha shartnomalarga arizilarni ro’yxatdan o’tkazish bugundan to’xtatiladi.

«GM Uzbekistan» dillerlik korxonalari bilan birgalikda «Chevrolet Captiva» rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun iste’molchilar oldida o’zining majburiyatlarini yil ohirigacha to’liq yetkazib berilishini ta’minlaydi.

Ta’kidlash joizki, «Chevrolet Captiva» avtomobili mamlakatimiz bozoriga kirib kelganiga roppa-rosa 11 yil to’ldi. Ilk bor Captiva avtomobilini O’zbekistonda yirik tarmoqli yig’ish 2007-yilning oktyabr oyidan boshlangan. 2011-yilning sentyabr va 2017-yilning fevral oylarida avtomobilning yangilangan modeli chiqarilgan.

Manba

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social