Ishlab chiqaruvchilar anjumanida Google va Levi’s birgalikda “aqlli” jinsilar yaratish loyihasi mavjudligi haqida ma`lum qilishdi. Ushbu jinsilar smartfon foydalanuvchisiga kirish qo`ng`iroqlarini gadjetni cho`ntakdan olmasdan rad qilish imkoniyatini beradi.
Business Insider ma`lumotlariga ko`ra, elektron jinsilarning yaratilishi Google ning “aqlli” kiyim uchun smart-tekstil yaratish bo`yicha katta «Jakkard loyiha» (Project Jacquard) loyihasining bir qismi bo`ladi. Oddiy matoga elektron iplar o`rnatiladi va ular foydalanuvchiga har qanday moslamalarni boshqarishga imkoniyat beradi.
Anjuman vaqtida, Google matoli musiqa pleerni taqdim etdi. Matoga bosilganda, qo`shiqni tinglash yoki uni o`chirish ham mumkin, matoni siypaganda esa musiqa ovozi boshqariladi.
Elektron jinsilarning cho`ntaklari elektron panelga aylanadi va u smartfon foydalanuvchisiga gadjetni qo`lga olmasdan boshqarishga imkoniyat beradi.
Ko`rib turganingizdek, Google kiyimlarni aqlli qilishga kirishib ketdi.
Manba: naked-science.ru