Hayoti mashhur filmlarga asos bo‘lgan 4 nafar jinoyatchi hozirda qanday yashaydi?

Hayoti mashhur filmlarga asos bo‘lgan 4 nafar jinoyatchi hozirda qanday yashaydi?

Gollivud ssenariynavislari ko‘pincha film va serial syujetlarini o‘zlari o‘ylab topadi, ammo tomoshabinlarga real voqealarga asoslangan filmlarni tomosha qilish har doim qiziqarli. Bu, ayniqsa, voqealar jinoyatchilar atrofida kechadigan filmlarga tegishli. 

Jordan Belfort, “Uoll-strit bo‘risi”

Rejissyor Martin Skorseze arzon aksiyalar va bank hisobvaraqlari bilan firibgarlikda ayblangan amerikalik broker Jordan Belfort haqida eshitgach, uning ajoyib hikoyasini ekranlashtirish kerakligini tushunadi. Belfort bolaligidanoq pul topish oson emasligini bilar, shuning uchun har qanday ishga osongina kirishardi.

Biroq yosh yigit brokerlik kompaniyasiga ishga kirgach, boylik uchun har qanday firibgarlikka borish mumkinligini tushunadi. Mish-mish va g‘iybatlar yordamida Jordan arzon aksiyalar narxini qo‘llab-quvvatlab, “sovuq” qo‘ng‘iroqlardan pul ishlaydi. Mijozlar millionlab pullarini yo‘qotishadi, lekin boyib ketgan brokerga baribir edi. U atrofiga juda ko‘p xodimlarni to‘playdi, shuning uchun uning ismi hech qayerda rasmiy ravishda qayd etilmaydi.

Har qanday narsaning ertami-kechmi oxiri bo‘ladi. 1980-yillarning oxirida ma’lum bo‘lishicha, “Uoll-stritdagi bo‘risi” ishlaridan politsiya uzoq vaqtdan beri xabardor bo‘lib, ularga aldangan fuqarolar haqida ko‘plab shikoyatlar kelib tushgan. 1988-yilda o‘tkazilgan tergov natijasida Jordan Belfort 22 oylik qamoq jazosiga hukm qilinadi. Bundan tashqari, u aldangan investorlarga 110 million dollar miqdorida tovon to‘lashi kerak edi.

Hozirgacha uning qarzlari to‘liq to‘lanmagan, lekin bu Jordanni unchalik tashvishga solmaydi. Sobiq broker hayotdan zavqlanishda davom etmoqda: u butun dunyo bo‘ylab treninglar o‘tkazadi, kitoblar yozadi va sayohat qiladi. Belfort Martin Skorseze bilan muzokaralar olib borar ekan, uning obrazini Leonardo Di Kaprio o‘ynashini talab qiladi. Va u adashmaydi — “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan aktyor haqiqiy Jordan xarakterini ajoyib tarzda tasvirlashga muvaffaq bo‘ladi, bu kino tanqidchilari tomonidan e’tirof etiladi.

Frenk Abigneyl, “Ustasi farang”

Frenk Abigneyl mubolag‘asiz XX asrning ustasi faranglaridan biri bo‘lgan. Bu qallob nafaqat FQB agentlarini, balki butun dunyoni chalg‘itishga muvaffaq bo‘ladi. 15 yoshidan boshlab yigit o‘ziga yangi shaxslar va kasblarni o‘ylab topadi, natijada u mashhur firibgarlar ro‘yxatida nomini abadiylashtiradi. Frenk 21 yoshga to‘lgunga qadar o‘zini aviakompaniya uchuvchisi, shifokor, qamoqxona byurosining agenti va huquqshunos sifatida tanishtirishga ulgurgan.

Abigneyl ikki marta politsiyadan qochgan: bir marta samolyotdan, ikkinchi marta federal qamoqdan. U 5 yildan kamroq vaqt qamoqda o‘tiradi, shundan so‘ng federal hukumat uchun ishlay boshlaydi — jinoyatlarni ochishda yordam berib, jinoyatchilarning psixologik portretlarini tuzadi. Hozirda Abigneyl Federal qidiruv byurosining akademiyasida maslahatchi va ma’ruzachi bo‘lib ishlaydi, shuningdek, o‘zining Abagnale and Associates konsalting kompaniyasini boshqaradi. Stiven Spilbergning “Ustasi farang” filmida firibgar rolini yosh Leonardo Di Kaprio o‘ynagan.

Jon Dillinjer, “Jonni D.”

Jinoyatchi Jon Dillinjer deyarli 100 yil oldin vafot etgan, ammo uning taqdiri shu qadar qiziqarliki, tarixchilar uni hanuzgacha eslashadi. Xarizmatik, ammo sovuqqon gangster 1930-yillarning birinchi yarmida butun Amerikani qo‘rquvda ushlab turgan: u aqldan ozgan va tutqich bermas bank o‘g‘risi edi. Buning uchun Federal qidiruv byurosi unga “jamiyatning birinchi raqamli dushmani” unvonini beradi. Bir necha bor qamoqdan qochgan Dillinjer bir vaqtlar barcha mahbuslarning kumiriga aylangan.

Jon 1933-yilda 11 ta bankni o‘marib, 15 ta politsiyachini o‘ldiradi va 17 tasini yaralaydi. Shtatlarda yashirinib, yo‘l-yo‘lakay plastik jarrohlikdan foydalanib, Federal qidiruv byurosidan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ladi. Bor-yo‘g‘i bir necha oy ichida Dillinjer yuzini, hatto barmoq izlarini ham o‘zgartiradi, lekin bu uni qutqara olmaydi.

Jinoyatchini uning ishongan sherigi sotgan — uni katta mukofot evaziga federallarga topshirgan. 1934-yil 22-iyulda politsiya uyushtirgan Chikago teatri yaqinidagi otishmada Dillinjer og‘ir yaralanadi. Ushbu voqea asosida “Jonni D.” filmi suratga olinadi, bosh rolni Jonni Depp mohirlik bilan ijro etadi.

Juliet Xyum (Ann Perri), “Samoviy mavjudotlar”

Detektiv yozuvchi Juliet Xyumning iliq tabassumi ortida u oshkor etmaslikni afzal ko‘radigan dahshatli sir yashiringanini kamdan kam odam biladi. Bolaligida Xyumga sil kasalligi tashxisi qo‘yilgan, shuning uchun oilasi tez-tez yashash joyini o‘zgartirib, Sharqiy Hindiston va Janubiy Afrika iqlimi qizning sog‘lig‘ini yaxshilaydi degan umidda edi. 13 yoshida Juliet oilasi Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahriga ko‘chib o‘tadi. O‘sha yerdagi qiz bolalar maktabiga o‘qishga kirgan qiz Polina Parker bilan tanishadi. Ikkalasi ham sog‘lig‘i tufayli sport bilan shug‘ullanishdan ozod bo‘lgan va fantastika o‘qishga qiziqqan, shuning uchun tezda do‘stlashib ketadi. Do‘stlar vaqtni birga o‘tkazishar, jamoaning boshqa a’zolaridan uzoqroq yurishardi. Psixiatrlarning fikriga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan ularning munosabatlari nosog‘lom tus oladi.

1954-yil boshida Xyumning onasi qiziga otasi bilan ajrashishga qaror qilishganini, Julietni esa Janubiy Afrikaga — xolasinikiga jo‘natmoqchi ekanini aytadi. Polina Parker ham dugonasi bilan ketmoqchi bo‘ladi, lekin Julietning ota-onasi buni xohlamaydi. 1954-yil 22-iyunda qizlar Julietning onasini parkka sayrga taklif qilishadi. U yerda qulay payt poylab, keyin ayolning orqasiga o‘tib, boshiga g‘isht bilan bir necha bor urishadi.

Politsiya baxtsiz hodisa haqidagi taxminlarga ishonmaydi, shuning uchun tez orada ikkala qiz ham sudga beriladi. Yosh jihatdan ular o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin emasdi. Buning o‘rniga ular 5 yildan qamoq jazosiga hukm qilinadi, shuningdek, umrining oxirigacha bir-biri bilan muloqot qilish taqiqlanadi. 1959-yilda ozodlikka chiqqan Xyum ismini Enn Perri deb o‘zgartiradi. Bir muncha vaqt ayol AQSHda yashagan, ammo keyinchalik Buyuk Britaniyaga qaytib kelgan va u yerda detektivlar yoza boshlagan. Bu voqea haqida “Samoviy mavjudotlar” filmi suratga olingan bo‘lib, unda ikki dugona rolini Melani Linski va Keyt Uinslet ijro etgan.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Зур кинола а так

  2. Тимур

    Битта но тарафи бор, шулани киносини куриб, купла улани яхши куриб колишади и емон ишларини оклашади

  3. alhamdulillah_13

    xaa tugri aytasz timur aka

  4. Тимур

    Шунга манимча бунака кинола камайиши кере

  5. Тимур

    Рахмат

  6. Ko’plar bularni nafaqat oqlashadi, keyin o’zlari ham shunday harakat qilishni boshlashadi

  7. Kim bula ozi?

  8. Мансур

    Класс

  9. Шахло

    good

  10. Zorku

  11. Jamshid

    Prikol

  12. Gulnoza

    Qoyil bo’ldim

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social