Baʼzan so‘nggi yillarda taraqqiyot shunchaki davom etmayotgandek, balki oldinga qarab yugurayotgandek tuyuladi. Baʼzilar hali mobil telefonlarining barcha funksiyalarini o‘rganishga ulgurmagan bo‘lsalarda, atrofdagilar asta-sekin printerdagi ovqatlar va massaj qilishni biladigan, hamda kipriklarni o‘stira oladigan robotlar haqida gapira boshladilar. Va bu hammasi emas, quyida ana shunday hayotingizga qulaylik va yengillik olib kiruvchi 10 ta ixtiro bilan bo‘lishdik.
Robot-kosmetolog

Bugungi kunda robot kipriklarni o‘stirish bo‘yicha mutaxassisning o‘rnini bemalol bosa oladi. To‘g‘ri, uning qo‘llari o‘rniga pinsetga o‘xshagan ikkita tayoqchasi bo‘ladi. Bu qurilma kompyuter nigohi asosida ishlaydi va mijozni xuddi kiprik o‘stiruvchi mutaxassis kabi ko‘radi. Bunday qabulda bo‘lgan xonimlarning aytishicha, muolaja odatdagidan ancha tezroq o‘tgan va natijasi ularni xursand qilgan.
O‘t o‘chirgich-vaza

Janubiy Koreyalik muhandislar katta hajmli o‘t o‘chirgichlar muammosini hal qilishdi va o‘ziga xos vaza ixtiro qilishdi. Odatdagi vaqtlarda u yerga haqiqatan ham gullar qo‘yish mumkin, yong‘in chiqqan taqdirda esa uni olov manbai tomonga uloqtirish kifoya. Vazaning singan tashqi qobig‘idan yong‘inni tezda o‘chiradigan reagent ajralib chiqadi.
Massajchi robot

Innovator kompaniyalardan biri allaqachon robototexnika yordamida massaj qilishni taklif etmoqda. Uning muhandislari sunʼiy intellekt asosida yuqori texnologiyali qurilma yaratdi. Bunday robot mijozning muammoli joylariga alohida eʼtibor berib, limfa drenaj massajini amalga oshira oladi.
Elektron “teri”

Zamonaviy texnologiyalar odamlarga uzoqda bo‘lgan qarindoshlari va do‘stlarini quchoqlashga yordam berishga tayyor. Olimlar sensorlari foydalanuvchining harakatlarini taniydigan va ularni elektr signallariga aylantiradigan elektron terini ixtiro qilishdi. Xabar qabul qiluvchisi (aniqrog‘i — teginish) o‘z sensorlariga boshlang‘ich harakatlarni taqlid qiluvchi mexanik tebranishlarni oladi.
Hidli filmlar

Gonkonglik olimlar yaqinda hidlarni virtual reallikda sezish imkonini beruvchi qurilmalarni ixtiro qildilar. Niqob taqish yoki yuqori labga maxsus gadjetni mahkamlash va 4D formatidagi videoni yoqish kifoya. Bundan kelib chiqadiki, kelajakda biz kino ko‘rishga chinakamiga sho‘ng‘ishimiz va hatto film qahramonlarini o‘rab turgan hidlarni his qilishimiz mumkin bo‘ladi.
Printerdagi ovqat

Bugun desertga nima yeymiz? 3D printerda chop etilgan tort bo‘lagiga nima deysiz? Ha-ha, olimlar allaqachon oziq-ovqat siyohlari asosida yetti xil masalliqdan iborat chizkeyk pishiradigan va keyin uni lazer yordamida tayyorlaydigan qurilmani o‘ylab topishdi.
Shaxsiy yotoqxonada konsert

Zamonaviy kompaniyalardan biri virtual tadbirlarni o‘tkazish texnologiyasini ishlab chiqmoqda. Odamlar konsert yoki spektaklga o‘z divanlarida o‘tirgan hollarida avatar sifatida kelishlari mumkin, hatto sahnaga chiqib, sevimli sanʼatkori bilan qo‘shiq kuylash imkoni ham mavjud.
Aqlli ko‘cha ustunlari

Ko‘cha ustunlari tez orada shahar infratuzilmasining eng muhim elementiga aylanishi ehtimoli bor. Ularga ko‘plab qurilmalar — kamera va sensorlardan tortib, telefon va elektromobillar uchun monitorlar va quvvatlash stansiyalarigacha o‘rnatiladi.
Hamkasb robotlar

Kundalik ishni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan bu yordamchilarni allaqachon “kobotlar” deb atashgan. Yaqin kelajakda ofis jamoalari nafaqat odamlarni, balki qo‘shni stollarga joylashadigan robotlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Aqlli karavot

Yotoqxonadagi issiq ko‘rpa va ochiq darcha uchun kurash asta-sekin tugayotganga o‘xshaydi. Har biri o‘z haroratini saqlab tura oladigan ikki qismga bo‘lingan to‘shakli maxsus karavot allaqachon o‘ylab topilgan . Bu yuzalar minus 10 dan plyus 10 darajagacha sovishi yoki isishi mumkin – faqat tugmani bosish va o‘z yarim karavotingiz uchun kerakli rejimni tanlash kifoya. Maxsus algoritm 36 ta biometrik sensor maʼlumotlaridan foydalanadi va tun bo‘yi haroratni nazorat qiladi.
Kopini kutaman, lekin manimcha yarimtasi ham paydo bomidi
Lekin bizni juda qiziqarli kelajak kutyapti
Asosiysi yadroviy urush boshlanib ketmasin
Eng yoqqani robot massaj, massajni vashe yoqtiraman
Maqola uchun raxmat fazotv