Hindistonda er-xotin o‘z o‘g‘li va kelini bir yil davomida farzand ko‘rishi kerakligini talab qilib, sudga berdi

Hindistonda er-xotin o‘z o‘g‘li va kelini bir yil davomida farzand ko‘rishi kerakligini talab qilib, sudga berdi

Aks holda ular 50 million rupiy (642 ming dollar) miqdorida kompensatsiyasi to‘lashi kerak, deb xabar beradi Deutsche Welle.

Sanjiv va Sadxana Prasad Uttarakxand shtatining shimoli joylashgan Xardvad shahar sudiga murojaat qilgan. Sud ishni 17-may kuni ko‘rib chiqadi.

Kompensatsiya o‘g‘ilning oilaviy hayoti xarajatlarini o‘z ichiga oladi: besh yulduzli mehmonxonada to‘y, hashamatli avtomobil, Tailandda “asal oyi”, o‘g‘ilning uchuvchilikka o‘qishi. Bundan tashqari, da’vogarlar yoshlar uchun uy-joy qurishga kredit olgan. Ota-ona o‘z farzandiga taxminan 25 million rupiy sarflagan. Endilikda esa ular bu pullarni qoplash va 25 million rupiy ma’naviy zarar undirish niyatida.

“Biz o‘g‘limizni katta qilish uchun orzularimizdan voz kechdik. Ammo harakatlarimizga qaramay, o‘g‘limiz va uning rafiqasi bizga nabira sovg‘a qilmay, ko‘nglimizni og‘ritdi. Odamlar bu haqda muntazam savol berib, yaramizni yangilamoqda”, —deyiladi da’voda.

Prasadning murojaatida qayd etilishicha, er-xotin oila qurganiga olti yil bo‘lgan, biroq ular oldingidek farzand ko‘rishni rejalashtirmayapti. “Nabirali bo‘lsak, biz u bilan vaqtimizni o‘tkazamiz, shunda his qilayotgan og‘riqlarimizga ham chidash mumkin bo‘ladi”, — deydi u. Ular moliyaviy jihatdan qiyinchilikka uchragani, ammo bolaga g‘amxo‘rlik qilishga tayyor ekanliklarini ta’kidlagan.

Ota-onaning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘il va uning rafiqasi ular bilan deyarli muloqot qilmaydi, ishi sabab boshqa shaharda yashaydi. “Kelimizga xuddi qizimizdek munosabatda bo‘lamiz. Shunga qaramay, u bizga juda kam vaqt ajratadi”, — deydi er-xotin Times of India gazetasiga bergan intervyusida.

An’anaviy hind oilalarida uylangan o‘g‘illar odatda o‘z ota-onasi bilan qoladi. Oila qurayotgan ayollardan ham ular uy xo‘jaligi va bola tarbiyasi bilan shug‘ullanish talab etiladi.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. bizdayam wunaqa qisa bularkanmi?

  2. Тимур

    б** rofl

  3. ula hoxlamasa, nima qibti??? nega ota-onalar wunaqa?!

  4. Nodirjon

    obbo, hamma bowqalani iwiga tiqiladigan bupqogan

  5. Usmonov M.

    ota-ona etganini qiliw kere, wunda hammasi yaxwi buladi

  6. Nodirjon

    ota-onani hurmat qiliw kere, ewitiw kere. lekin sevgan inson bilan siz yawisiz, ulamas

  7. turi etas Nodirjon

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social