Remote.com nomli xalqaro ishga yollash va HR masalalariga ixtisoslashgan platforma ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanat eng yaxshi yo‘lga qo‘yilgan davlatlar indeksini e’lon qildi. Tadqiqotda dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega 60 ta davlat ishtirok etdi.
Baholash bir nechta mezonlarga, jumladan, yillik pullik ta’til kunlari soni, bolali bo‘lishda beriladigan ijtimoiy yordam, minimal ish haqi, sog‘liqni saqlash sifati, mamlakatdagi xavfsizlik darajasi va aholi o‘rtasidagi baxtlilik ko‘rsatkichiga asoslandi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Yangi Zelandiya egalladi. Bu mamlakatda ishchilar yiliga 32 kun ish haqi saqlanadigan dam olish huquqiga ega. Shuningdek, farzandli bo‘lgan ota-onalarga 26 haftagacha to‘lanadigan tug‘uruq ta’tili beriladi.
Ikkinchi o‘ringa Irlandiya loyiq deb topildi. U yerda sog‘liqni saqlash tizimi kuchli va shaffof bo‘lib, eng kam ish haqi darajasi boshqa davlatlarga nisbatan yuqori. Uchinchi o‘rinni esa Belgiya egalladi. Bu davlat ham minimal ish haqi bo‘yicha Yevropadagi yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, Belgiyada aholiga ijtimoiy himoya ko‘rsatish bo‘yicha turli kafolatlar ham beriladi.
Reytingning kuchli o‘nligiga Germaniya, Norvegiya, Daniya, Kanada, Avstraliya, Ispaniya va Finlyandiya kabi davlatlar kiritildi. Ro‘yxatdagi eng yaxshi o‘nlikdan yettita o‘rinni Yevropa davlatlari egalladi.
Oxirgi o‘rinlardan Nigeriya, Misr, Efiopiya va Iroq kabi davlatlar bilan birga Qo‘shma Shtatlar ham joy oldi. AQSH ushbu reytingda 59-o‘rinni egalladi.
Remote.com mutaxassislarining ta’kidlashicha, ham karyeraga, ham shaxsiy hayot va oilaga birdek vaqt ajrata oladigan aholi yashaydigan davlatlarda insonlar o‘zini baxtli, sog‘lom va xavfsiz his qiladi. Bu esa ularning ish unumdorligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Бизада бунака нарсала кийинро, куп ишламасаз, норм ойли чикмиди
Одамла бутун хаетини 12-14 соат ишлаб утказиб юборишвотти
Лекин бошка тарафи, агар шунака ишламасела, оч колиб кетасила
Бутун хаетимиз тез утиб кетвотти, хамма иш билан овора
Яшашни унутмела дустла
Kettik oshatka bomasa
Ishlamasa pul qattan olamiz?
E, boshqa narsa torida yozilgan ku, ishlang ham, oilangiz bilan ham boling
Juda qiziq malumotlar, bizda qanday ekan qiziq
Hm, mayli nimayam dirdim
Top maqola