Kelajak odamlari uchun kapsula shaklidagi uyning konsepti taqdim etildi

Kelajak odamlari uchun kapsula shaklidagi uyning konsepti taqdim etildi

Tanishing, innovatsion texnologiyalar asrining yana bir kashfiyoti — ONCO kapsula-uylari. Interyerda minimalizmni xush ko‘ruvchilarga bunday uy yoqishi aniq.

Uyning futuristik dizayn g‘oyasi Antoniel Felaynga tegishli bo‘lib, uning tashqi va ichki tomonida hech qanday o‘tkir burchaklar yo‘q. Uyda kundalik hayot uchun kerak bo‘ladigan barcha narsa mavjud: yotoqxona, oshxona, hojatxona va yashash joyi. Uyning dizayni ilmiy-fantastik filmlar ruhida tuzilgan.

Tashqaridan kapsula-uy kichik ko‘rinsa-da, mebellardan kam foydalanilgani uchun ichi qulay va keng qilib ishlangan. Derazalar esa tonirovka qilingan.

Mutaxassislar fikricha, bunday uy qurilishi uzoq vaqt va katta xarajat talab etadi. Shu sababli kapsula-uylar ishlab chiqarilishining yo‘lga qo‘yilish ehtimoli juda kam.

Arxitektor va dizaynerlarning futuristik uylar g‘oyasi yangilik emas. Avvalroq Koen Oltius kapsula shaklidagi uyni dengiz o‘rtasida qurish loyihasini ishlab chiqqan edi. Bunday uyni smart-uzuk bilan boshqarish mumkin edi.

Siz-chi, innovatsion kapsula-uyda yashagan bo‘larmidingiz?

Kommentlar: 19 komment. 19 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Яшаган булардим бундай уйда

  2. Ajoyib uy, manga yoqdi heart

  3. Ajoyib ekan, 1-2 odamga bo’ladi, katta oila sig’maydi

  4. Kelajakda katta oilalar bo’lmaydi, katta oilalarni boqish juda qiyin bo’ladi

  5. Holmira

    Hozir ham qiyin…

  6. Yildan yilga qiyin bo’ladi, shunga odamlar soni kamayadi

  7. Holmira

    Demak, shu yo’l bilan odamlar sonini qisqartirishmoqchi. Covid orqali bo’lmadi, endi boshqa yo’lni topishdi

  8. Manga wunaqa uydan bervorila rofl

  9. Chiroyli

  10. Bizga kelganicha ming yil o’tadi

  11. Laliddin

    O’zimizning hovlilarimizga yetadigan yo’q

  12. Jamshid

    Qoyilman good

  13. Dilshod

    Yaxshi lekin hali beri hech kim olmasa kerak

  14. Zo’rku

  15. Bizni qishlog’imizga qo’yishsin

  16. Kelajakda ko’p narsa bo’ladi

  17. Nice

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social