Ko‘rish qobiliyati va to‘g‘ri ovqatlanish bir-biriga bog‘liqmi?

Ko‘rish qobiliyati va to‘g‘ri ovqatlanish bir-biriga bog‘liqmi?
Ishxona yoki uyda uzoq vaqt kompyuter qarshisida bo‘lish ko‘rish qobiliyatini sezilarli darajada pasaytiradi. Biz ko‘zoynak sotib olishga to‘g‘ri kelmaguncha bu jarayonni payqamaymiz. Hech kim ko‘rish qobiliyati muammolari kelib chiqishidan himoyalangan emas, ammo buning oldini olish yoki sekinlashtirish yo‘llari mavjud.
To‘g‘ri ovqatlanish tarkibida organizm o‘z vazifasini yetarli darajada bajarishi uchun kerakli bo‘lgan vitamin, mineral va energetik qiymatga ega taomlarni iste’mol qilishni nazarda tutadi. Aynan ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun har kuni qaysi mahsulotlarni tanovul qilish lozimligini birgalikda ko‘rib chiqamiz.

Ko‘rishni yaxshilaydigan mahsulotlar

Agar organizm barcha oziq moddalarni qabul qilsa, undagi immunitet mustahkam va turli kasalliklarga chidamli bo‘ladi, jumladan ko‘rish qobiliyatiga aloqadorlariga ham. Kunlik ovqat ratsionimizda quyidagilar bo‘lishi lozim:

1. Tvorog. Tarkibida V2 va V12 vitaminlari borligi sababli, nafaqat soch va tirnoqlar, balki ko‘z ichidagi moddalar almashinuv jarayonlari uchun ham koni foyda.

2. Qovoq. Karotin, lyutein va zeaksantin ko‘z to‘r pardasini mustahkamlaydi. Bu moddalar sabzi tarkibida, shuningdek barcha apelsin tusidagi mahsulotlarda uchraydi. Yaqindan ko‘rishda (miopiya) qovoqni doimiy ravishda tanovul qilish tavsiya etiladi. Qo‘shimcha qiladigan bo‘lsak, u organizmning toksinlardan xalos bo‘lishida ham o‘z hissasini qo‘shadi.

3. Qorag‘at. Ko‘z bilan muammolarga birinchi marta duch kelish bilan qorag‘atdan yordam olish mumkin. Tarkibidagi S vitamini qon aylanishini yaxshilaydi va ko‘z olmasidagi tomirlarni tozalaydi. Qorag‘at bilan birgalikda, olcha, gilos, na’matak va o‘rik ham foydali.

4. Baliq. Baliq yog‘lari inson qarishi davomida yuzaga keladigan patologiyalar rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Muguz pardasini namlantirishda qatnashadi va bu ko‘rishning tiniqligida o‘ta muhim. «Quruq ko‘z sindromi»ning tez-tez uchrab turuvchi sababi ham muguz pardasida namlik yetishmasligidir.

 

5. Shokolad. Aynan achchiq shokolad ko‘z bosimini tushirishda xizmat qiladi. Ko‘z bosimi oshishi glaukoma kelib chiqishining asosiy omilidir.

Muntazam ravishda ko‘z mashqlarini bajarishni unutmang, axir kompleks yondashuv samara miqdorini bir necha baravar oshiradi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social