“Planetary Resources” kompaniyasining prezidenti Kris Levitski (Chris Lewicki) er orbitasiga suv etkazib berish narhini aytdi.
Uning hisobi bo`yicha, har yili koinotdagi, MKS dagi oltita kosmonavtlar uchun suv etkazib berish uchun 2 mlrd dollar sarflanadi. Bu erda gap kishi boshiga 6 tonna ichimlik suvi etkazib berish haqida ketyapti (umumiy 36 tonn). Shunday qilib bir litr suv koinotda 55,55 ming dollar turishi mumkin.
Hozirgi vaqtda Levintski asteroid minerallardan suv olish imkoniyatini qidirib tadqiqotlar bilan shug`ullanmoqda. Uning fikricha, ichimlik suvini koinot kema ishlashi uchun, hamda koinotda vodorod yoqilg`i yaratish uchun ishlatsa bo`ladi. Masalan, asteroiddagi qazib chiqaruvchi stantsiyalar koinot kemalarni uzoq uchishlarga suv bilan ta`minlashi mumkin bo`ladi.
Levitski oydagi katta muz zahirasi haqida ham aytib o`tdi. Biroq Er sayyoralarida qazib olish BMTning 1966-yildagi “koinot shartnoma” si bo`yicha man etilgan.
xaxaxa toshkentda esa 1 litrli nestle suvi 1000 sum – yani 0,33 cent )))) farqi katta