AQSh olimlari sezgirlikni va ko`rishni yaxshilaydigan komp`yuter o`yinini o`ylab topganlar.
Riversayddagi (AQSh) Kaliforniya universitetidan (UCR) Aaron Zaytts va uning hamkasblari PC va iPad uchun sezgirlikni va ko`rish qobiliyatini yaxshilaydigan komp`yuter o`yinini o`ylab topishdi. Olimlarning tekshiruvida UCR beysbol jamoasining o`yinchilari ishtirok etganlar va ularning ko`rish sezgirligi komp`yuter o`yini orqali yaxshilanishiga ega bo`lishgan.
Ilovaning mohiyati naqsh rasmlarni ko`rishdan iboratdir, maxsus naqshlar inson miyasi uchun yaratilgan. Keyinchalik naqshlarni ko`rish qiyin bo`ladi va ularni ko`rish uchun ko`proq harakat qilish kerak bo`ladi. Ya`ni tekshiruv ishtirokchilari o`yinga o`rganib ketganda, ushbu ilova naqshlarni topish qiyinchiliklarga olib keladi va bu narsa miya ishlatishini va ko`rish qobiliyatini yaxshilagan.
Ikki oydan so`ng, tekshiruv ishtirokchilari ushbu ilovani ishlatganlar, natijada olimlar ularning ko`rish qobiliyatini tekshirishdi va hamda ularni beysbol o`yiniga kuzatib qo`yishgan.
Natija shuni ko`rsatdiki, ishtirokchilarning ko`rish qobiliyati yaxshilangan va hattoki ulardan bir nechtasi jadvaldagi eng mayda harflarni ko`ra olganlar. Ushbu tekshiruvning mualliflari bu o`yinni ko`rish qobiliyati past bo`lgan insonlarda va politsiya hodimlarida ishlatmoqchilar.
O’yin noma qayd etilmabdiku?!!!