AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa mamlakatlardan bir guruh olimlar koronavirus tarqalishining manbayi Xitoyning Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bozori ekanini aniqladi. Ularning tadqiqoti Cell ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
12 milliondan ortiq aholiga ega Uxanda 4 ta tirik hayvonlar bozori faoliyat yuritadi. Ular orasida Xuanan bozori eng ko‘p yovvoyi hayvonlar sotiladigan joy hisoblanadi.
Hujjatlarga ko‘ra, 2019-yilning kuzida bir necha sotuvchilar yenotsimon itlar, bambuk kalamushlar, malay jayralari, Amur tipratikanlari va Osiyo bo‘rsiqlari kabi tirik hayvonlarni noqonuniy ravishda sotgan. Yovvoyi hayvon sotuvchilarning aksariyati bozorning g‘arbiy qismida joylashgan, aynan shu yerda COVID-19 bilan kasallanishning eng dastlabki va ko‘p holatlari kuzatilgan, deyiladi tadqiqotda.
Bozordan olingan genetik material namunalari pandemiyaning umumiy ajdodiga genetik jihatdan mos kelgan. Koronavirus izlari hayvonlar saqlanadigan qafaslarda, ularni tashilgan aravalarda va kanalizatsiya kanallarida topilgan. Bunda ko‘rshapalaklar genetik materialining mavjudligi aniqlanmagan. JSST 2021-yildagi hisobotida aynan shu hayvonlar COVID-19 tarqalishining eng ehtimoliy manbalaridan biri bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagandi.
Olimlar virus tarqalishining ikkita faraziy variantini ilgari surmoqda: hayvonlardan (aniq qaysi turdan ekanini aniqlashning iloji bo‘lmadi) odamga yoki aksincha — odamlar uni bozorga olib kirgan.
JSST virusning laboratoriya sharoitida emas, balki tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lganini ilgari surgan. Uxanda virusologiya instituti joylashgan bo‘lib, u yerda COVID-19 tarqalishidan oldin boshqa koronaviruslar o‘rganilgan. Shu sababli turli variantlar, jumladan, biomaterialning sizib chiqishi va Pekin tomonidan biologik qurol ishlab chiqarilishi kabi taxminlar ko‘rib chiqilgan.
Xitoy koronavirusning laboratoriya kelib chiqishi ehtimolini qat’iyan rad etib, mamlakatni shu asosda obro‘sizlantirishni to‘xtatishni, bu masalani siyosiylashtirmaslikni talab qilgandi.
Haliyam bu mavzu bormi, hamma unitib bo’ldiku
Hech kim koronavirus haqida gapirmayotganiga 2 yil bo’ldi
Endi hatdan chiqqanini bilish kere, shunga yozigandirde
Koronavirus korona uxodi s nashego rayona
Zor awula lekn wu
Kimga qiziq bu? Yaxshi maqolalar yozinglar
Хамма америка киган диган пайтда, хакикат очилди
Pofig