Ko‘z yosh to‘kishingizga sababchi bo‘ladigan g‘amgin multfilmlar

Ko‘z yosh to‘kishingizga sababchi bo‘ladigan g‘amgin multfilmlar

Mazkur multfilmlar bir qarashda bolalar uchun yaratilgandek ko‘rinsa-da, ularda kattalarga bog‘liq bo‘lgan mavzular tilga olinadi.

“Yonarqo‘ng‘izlar qabri”

Yaponiya, 1988-yil.
Drama.
Davomiyligi: 88 daqiqa.
IMDb: 8.5.

1945-yilda Amerika samolyotlari Yaponiyaning Kobe shahriga bomba tashlaydi. 14 yoshli Seyta va 5 yoshli Setsukoning uyi vayron bo‘ladi, onasi vafot etadi va otasi xizmat paytida izsiz yo‘qoladi. Bir muncha vaqt bolalar xolasi bilan yashaydi, lekin keyin u yerdan qochib ketishadi. Shundan so‘ng bolalarning sargardonligi boshlanadi.

Isako Takahata syujet uchun Akiyuki Nosakining xuddi shu nomdagi avtobiografik romanidan foydalanadi, lekin unga urush dahshatlari haqidagi xotiralarini ham kiritadi. Natijada bolalar haqidagi fojiali voqea hech bir tomoshabinni befarq qoldirmaydi.

“Meri va Maks”

Avstraliya, 2009-yil.
Drama, komediya.
Davomiyligi: 92 daqiqa.
IMDb: 8.1.

8 yoshli Meri Dinkl Avstraliyaning Melburn chekkasida yashaydi. Sinfdoshlari uni tug‘ma xoli uchun uni masxara qiladi, ota-onasining esa u bilan ishi yo‘q. Shu sababli qiz Amerikaning Nyu York shahrida yashaydigan 44 yoshli Maks Xorovits — Asperger sindromiga chalingan yolg‘iz odam bilan yozisha boshlaydi. Ularning orasida minglab kilometrlar bor va yosh farqi juda katta. Ammo suhbatdoshlar yillar davomida o‘rtalaridagi do‘stlikni saqlab qolishadi.

Multfilm qisman real voqealarga asoslangan — avstraliyalik animator Adam Elliot aslida bir odam bilan taxminan 20 yil yozishma orqali muloqot qilgan. Bu uzoq masofali do‘stlik haqidagi oddiy hikoya bo‘lib tuyulishi mumkin. Darhaqiqat, multfilm juda ko‘p jiddiy mavzularni qamrab oladi: ruhiy muammolar, alkogolizm va hatto o‘z joniga qasd qilish. Bu hikoya qanday yakunlanishini taxmin qilish qiyin emas. Ammo qayg‘uli yakun uzoq kutilgan baxtli yakundan ko‘ra mantiqiyroqdir.

“Shamol esganda”

Buyuk Britaniya, 1986 yil.
Drama, harbiy.
Davomiyligi: 84 daqiqa.
IMDb: 7.7.

Turmush o‘rtoqlar Jim va Xilda Sasseksda yashaydi va uy ishlari bilan shug‘ullanadi. Radiodan urush boshlanganini bilib, er boshpana tayyorlaydi va ba‘zi oziq-ovqatlarni g‘amlab qo‘yadi. Ammo yadro urushi boshlanganda ham Jim va Xilda hukumat ularni qutqaradi, deb o‘ylaydi va hayot tarzini o‘zgartirmaslikka harakat qiladi.

“Shamol esganda” dastlab sodda er-xotin haqidagi kulgili voqea haqida noto‘g‘ri taassurot qoldiradi — multfilmda juda ko‘p yoqimli hazillar mavjud. Ammo asta-sekin syujet hukumatdan yordam ololmagan tashlandiq odamlarning haqiqiy fojiasiga aylanadi.

“To‘qqiz”

AQSh, Germaniya, 2009 yil.
Fantaziya, triller.
Davomiyligi: 80 daqiqa.
IMDb: 7.0.

Lattadan yasalgan odam laboratoriyada o‘ziga keladi. U atrofida nima sodir bo‘layotganini va kimligini umuman tushunmaydi — u o‘ziga yozilgan to‘qqiz raqamini ko‘radi. Ma‘lum bo‘lishicha, u va uning do‘stlari muhim topshiriqni bajarishlari kerak. Lekin birinchi navbatda dunyoda nima sodir bo‘lganini eslashi lozim. Multfilmdagi apokaliptik voqea juda ta‘sirli tarzda tugaydi.

“Barcha itlar jannatga tushadi”

Irlandiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, 1989 yil.
Komediya, fantastika, sarguzasht.
Davomiyligi: 84 daqiqa.
IMDb: 6.7.

Sobiq biznes sherik boshpanadan qochib ketgan Charli laqabli itni o‘ldiradi. It jannatga tushadi, lekin Yerga qaytish yo‘lini topadi. Qasos olishni o‘ylab, Charli hayvonlar bilan gaplasha oladigan 6 yoshli qizchani uchratadi.

Multfilm nomining o‘zi ham hikoyaning o‘lim bilan bog‘liqligiga ishora qiladi. Syujet kulgili burilishlar va sarguzashtlarga to‘la bo‘lsa-da, oxiri samimiy mehr va fidoyilikka bag‘ishlangan. Bu hech kimni befarq qoldira olmaydi.

“N.I.M.H. siri”

AQSh, 1982 yil.
Drama, sarguzasht.
Davomiyligi: 82 daqiqa.
IMDb: 7.5.

Sichqon Brisbi xonim oilasi bilan zudlik bilan yangi joyga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi — ular yashaydigan dalani tez orada traktor haydaydi. Ammo uning bitta bolasi og‘ir kasal bo‘lib, yotoqdan turolmaydi. Shundan so‘ng Brisbi xonim laboratoriyadagi tajribalardan so‘ng juda aqlli bo‘lib qolgan sichqonlarga yordam so‘rab murojaat qiladi.

“N.I.M.H. siri” Bir paytlar Disneyda “Uyqudagi malika” va “Robin Gud” filmlarida ishlagan rassom Don Blut tomonidan yaratilgan. Avvaliga bu shunchaki bolalar ertagidek tuyulishi mumkin. Ammo sarguzashtli hikoyaning barcha voqealari realistik tarzda taqdim etilganini sezmaslik mumkin emas. Asosiy syujet yosh sichqonchaning jiddiy kasalligi bilan boshlanadi.

Kommentlar: 31 komment. 31 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Кулдирадиганладан ёмиди?

  2. Тимур

    Узи дунеда тинчлимас, мультфильм куриб хурсанд булилу хотя бы

  3. Kuzda yiglamiz, shungayam shunday maqoladir smile

  4. Hammasini ko’rganman

  5. Birinchi martda eshitishim bunday multfilmlarni

  6. Qizlayam kirmi qoyiwdi

  7. Jasmina opalaring

    Assalomu alekum aziza qalesiz. Nima gaplar manam ishla bn bòlib kiromadim hozr voht topdim kirgani smile

  8. Salom alaykum Jasminapa heart Mani hamma tashab ketti dib qorqibman smile Ishlariz yaxshimi?

  9. Rahmat

  10. Mana man bir ozim qob kettim sad

  11. Kirarsila soginsela cry

  12. Shaxzoda

    Ko’raman, kuzda bunday multfilmlar juda zo’r ko’riladi

  13. Yasmina

    Hm…

  14. Ajoyib

  15. Nozimjon

    Ajoyib multlar

  16. Vay Azizam man sizi soginib keldim kiss air_kissendi shutamanu

  17. Ureeee! Soginib ketim! Jasminapa yam kirmi qoydila

  18. Qanaqasiz? Yaxshimisiz?

  19. Allahga shukr yaxshiman man vapshe soginib ketim sizi Snapchatdayam deyarli kirmiyapman Muttaharoyam yozmayapti shunga hech kim bilan gaplashamayapman keyin bu yerga kirsam ham hech kim yozmayaptikan deb chiqib ketudim qarasam yozibsiz kiss

  20. Ha Jasmin opa oquv kursida bosa kerakde shunga kirmayotkandir

  21. Muttaharo qayerga yo bopkettila? Bilmismi?

  22. Siz kirmi quysez, yigliman a tak cry

  23. Azizam bilmasam manga ham yozmayapti pp qabul qilmayapti nega bilmadim lekin

  24. Hammasi yaxshimiskan ulada…

  25. Gulim, oyiz yaxshimila?

  26. Allahga shukr rahmat yaxshila Azizam ha Ahvoli manimcha yaxshimas ichidagini faqat Allah biladi cry

  27. Kimni ahvoli yaxshimas? Uzr

  28. Mutahharoni aytyapman Azizam

  29. Nimaga? Nima boldi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social