Kuniga ikki donadan banan yeyilsa organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Kuniga ikki donadan banan yeyilsa organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Bananning foydali xususiyatlari haqida kam odam biladi. Bundan tashqari, bu mevani ko‘p iste’mol qilmaslik kerak degan fikr bor. Shu bilan birga, mutaxassislar bananni majburiy ovqatlanish ro‘yxatiga kiritishni tavsiya qiladilar.

Organic Welcome saytiga ko‘ra, banan juda foydali, chunki u kaliy, kletchatkalar, C va V6 vitamini hamda boshqa ozuqalarga boy.

Bundan tashqari, banan kletchatkasi bu mevadagi nisbatan yuqori shakar miqdorini muvozanatlashtiradi, bu qon tarkibiga tushadigan shakar miqdorini cheklaydi.

Yaxshisi, har kuni ikki donadan banan iste’mol qilsangiz nima bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Uning ijobiy ta’siridan tashqari, ba’zi ogohlantirishlar ham borligini bilib qo‘ygan yaxshi.

1. Ikki dona banan kaliyning kunlik iste’mol qilish miqdoriga teng

Yuqorida aytib o‘tilgan saytga ko‘ra, kaliy tanamizda qator muhim funksiyalarni bajaradi. U organizmning hayotiy funksiyalarini ta’minlashda zarur bo‘lgan energiya ishlab chiqarilishi uchun tanamizning har bir hujayrasiga zarur. Kaliy qon bosimi, yurak urishini barqarorlashtirishga yordam beradi va insulin sekretsiyasini rag‘batlantiradi. Kaliy natriy bilan birgalikda tanamizdagi suyuqlik miqdorini tartibga soladi.

Katta yoshdagi sog‘lom insonlar uchun eng maqbul kaliy miqdori kuniga 3500 dan 4700 mggacha bo‘lib, unga bo‘lgan haqiqiy ehtiyoj turmush tarzi va boshqa omillarga bog‘liq. Ikki dona o‘rtacha kattalikdagi banan tarkibida esa 900 mg kaliy mavjud. Kaliyning qo‘shimcha manbalariga kartoshka, qovun, ismaloq, lavlagi, oq loviya va pomidor sousi kiradi.

2. Kuniga ikki dona banan yeyish qon bosimini me’yorida tutib turishga yordam beradi

Natriy va kaliy o‘rtasidagi muvozanat tufayli buyraklar tanadagi suyuqlik miqdorini tartibga solish orqali qon bosimiga ta’sir ko‘rsatadi. Afsuski, ko‘pchiligimizning ovqatlanish ratsionimizda natriy ko‘p va kaliy yetarli miqdorda emas, bu esa yuqori qon bosimiga olib kelishi mumkin.

Agar kuniga ikki dona banan iste’mol qilsangiz, yuqori qon bosimi xavfini sezilarli darajada kamaytirgan bo‘lasiz.

3. Kuniga ikki dona banan yeyish saratonga chalinish xavfini kamaytiradi

Bananning yana bir foydasi – unda eng kuchli antioksidantlardan biri bo‘lgan S vitaminining miqdori yuqori. Antioksidantlar saratonni keltirib chiqaradigan erkin radikallar miqdorini va kasallikka chalinish xavfini kamaytirish xususiyatiga ega. Banan tarkibidagi tolalar yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanishi xavfini kamaytiradi.

4. Kuniga ikki dona banan yeyish yurakning sog‘lomligini yaxshilaydi

Tadqiqotlarga ko‘ra, kuniga kamida 4069 mg kaliy iste’mol qiladigan odamlarda boshqalarga qaraganda yurak ishemik kasalligidan vafot etish ehtimoli kamroq bo‘ladi. Banan tarkibida yurak uchun foydali bo‘lgan boshqa oziq moddalar ham mavjud. Kletchatkalar, S va V6 vitaminlari yurak salomatligini saqlashga yordam beradigan kuchli uchlikdir.

5. Kuniga ikki dona banan yeyish oshqozon bilan bog‘liq muammolarni yengillashtiradi

Banan ovqat hazm qilish tizimi uchun foydali, chunki kaliy tanadagi elektrolitlar muvozanatini saqlashga yordam beradi, tolalar esa taomning ovqat hazm qilish tizimidan o‘tishini yengillashtiradi. Banan tarkibida ovqat hazm qilish jarayonida uglevodlarni to‘xtatib, xolesterin miqdorini va glyukoza so‘rilishini kamaytiradigan pektin kletchatkasi mavjud.

Va yakunda. Yurak kasalligini davolash uchun beta blokatorlar qabul qiladigan bemorlarga kuniga ikkitadan banan yeyish tavsiya etilmaydi, chunki bunday insonlar tarkibida kaliy miqdori yuqori bo‘lgan har qanday taomni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishi kerak. Beta blokatorlari kaliy miqdorini oshirib, sog‘liqqa xavf tug‘dirishi mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social